Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Damas avtomashinasidan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro H.Z. IIBga murojaat qilib, unda 24-iyul kuni noma’lum shaxs “Shodlik” mahallasi hududida qarovsiz qoldirilgan Damas avtomashinasi salonidan 8 million 260 ming so‘m pulini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni X.Sh. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Izoh (0)