FIFA Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi Jahon Chempionati boshlanish vaqtini o‘zgartirmoqchi, deya xabar beradi Ole.
Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yini 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. FIFA ushbu uchrashuvni 20-noyabrga ko‘chirmoqchi. Bu borada yakuniy qaror FIFA prezidenti Janni Infantino va oltita futbol konfederatsiyalari (UEFA, KONMEBOL, KONKAKAF, OFK CAF, va OFK) rahbarlari ishtirokida ovoz berish jarayonida qabul qilinadi.
Jahon Chempionatining amaldagi g‘olibi Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018-yilgi mundialda chempionga aylangan Fransiya hisoblanadi.
Mavzuga doir: Germaniya Ispaniyaga, Portugaliya Urugvayga qarshi. JCH—2022 guruh bosqichiga qur’a tashlandi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)