Futbol bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari noyabr oyida o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi mumkin.
Metaratings xabariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) va Rossiya futbol ittifoqi (RFI) terma jamoalar o‘rtasida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida muzokara o‘tkazmoqda.
O‘yin noyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin, biroq O‘FA hali yakuniy qarorga kelmagan, deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi voqealar sabab Rossiya terma jamoasi va klublari xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.
Izoh (0)