Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonda o‘tgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medalga ega chiqdi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Shamsiddin Vohidov musobaqadagi 11 tur davomida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, Olimpiya g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Ushbu tarixiy hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar sabab bo‘ldi. “Daryo” Twitter tarmog‘ida o‘zbekistonlik shaxmatchilarning g‘alabasi borasida bildirilgan ayrim fikrlarni bir sahifaga to‘pladi.
G‘alaba onlari
O‘zbekistonliklar g‘alabadan xursandchiligini yashira olmadi
“Dunyo seni tog‘angmas”
Bu yorqin g‘alaba chet elliklarni ham befarq qoldirmadi
“Shox va mot! O‘zbekistonning orzular jamoasini tabriklaymiz. O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining Olimpiadadagi ilk oltin medali yo‘lida birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi — aqlbovar qilmas natija” — Tim Torlot, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi.
“Bu yosh yigitlar tarix yaratdi. 2700+ reytinglik o‘yinchiga ega bo‘lmagan bu jamoa musobaqani 13-raqam (aslida 14 — izoh tah.) ostida boshlagandi. O‘zining mohirona harakatlari bilan O‘zbekiston Chennai Olimpiadasi g‘olibiga aylandi!”.
“O‘ziga xos tomoni shundaki sovrindor bo‘lgan Hindiston, Armaniston va O‘zbekiston vakillarining barchasi o‘z mamlakatida voyaga yetgan. Ular yurakdan qo‘rqmasdan kurashdi. Jamoaviy ruh va birdamlik jamoaviy musobaqalarda, ayniqsa Olimpiadada juda muhim”.
“Ular faoliyatining boshlang‘ich nuqtasida. Adashmasam, Hindistonda yaxshi murabbiylar yo‘q. Siz o‘zbekistonliklarda esa murabbiylar kuchli, grossmeysterlar ko‘p.
Sobiq ittifoq so‘nggi 100 yilda shaxmatda dominantlik qildi va sizlarda ajoyib murabbiylar bor”.
“Qiziqarli fakt: Sovrindor bo‘lgan uch jamoa ham boshlang‘ich ro‘yxatda top-10 likka ham kirmagandi: O‘zbekiston (14), Armaniston (12), Hindiston-2 (11)”.
“Iqtidorlarga to‘la yosh jamoa. 17 yoshli grossmeyster Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgandi, endi esa Olimpiya chempioni. Ajoyib musobaqa!”.
Izoh (0)