Ukraina va Rossiya millionlab tonna g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuvga erishgan birinchi haftada mamlakat portlaridan 300 ming tonnadan ortiq don va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi. Bu haqda TRT telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu kelishuv doirasida Ukraina portlaridan 10 ta donli kema chiqib ketdi, 305 ming 458 tonna yuk tashildi.
Ukrainadan kelayotgan barcha kemalar Bosfor bo‘g‘oziga kirishda Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi vakillari tomonidan tekshiriladi.
Xuddi shunday tartib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olish uchun Ukrainaga ketayotgan quruq yuk kemalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
8-avgust kechqurun Ukrainani yakshanba kuni tark etgan to‘rtta don tashuvchi kema Istanbulga kelishi kutilmoqda.
- Bular Italiyaga yo‘l olgan 6 ming tonna kungaboqar yog‘i bilan “Mustafo Nejati” quruq yuk kemasi;
- Xitoyga 45 ming tonna kungaboqar yuklangan “Yulduzli Yelena” kemasi;
- Istanbulga 66 ming tonna makkajo‘xori tashuvchi “Glory”;
- Turkiyaning Iskenderun portiga 44 ming tonna makkajo‘xori eksport qiluvchi “Riva Wind” quruq yuk kemasi.
Avvalroq Ukraina inqirozi fonida mamlakatlarda oziq-ovqat narxi keskin ko‘tarilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)