Finlyandiyada qishloq xo‘jaligi korxonalari ishchi kuchi yetishmasligi sababli bu yil bir necha o‘n tonna qulupnayni dalalarda qoldirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Yle telekompaniyasiga tayanib “TASS” xabar bermoqda.
Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 50-60 tonnaga yaqin qulupnay yig‘ib olinmadi, bu umumiy yillik hosilning chorak qismiga to‘g‘ri keladi, — dedi Alanteen Tila qishloq xo‘jaligi kompaniyasi direktori Aarni Alanne.
Uning aytishicha kompaniyaning tegishli yo‘qotishlari yarim million yevroga baholanmoqda.
Finlyandiya meva va rezavorlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi direktori Miika Ilomyakining fikricha, bu muammolarning asosiy sababi ishchi kuchi yetishmasligida.
Finlyandiyada odatda qulupnay teruvchilarning qariyb 70 foizi Ukrainadan keladi. Bu yozda ishchi topish muammosi yuzaga kelgan, — deydi u.
Buning oqibatida, qulupnay o‘z vaqtida yig‘ilmagan va dalalarda erib ketgan. Tez-tez yog‘gan yomg‘ir jarayonni yanada tezlashtirgan.