“Daryo”da “Qashqadaryoda paxta tozalash zavodi direktori davlat manfaatiga katta zarar keltirgani aytilmoqda”, sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Viloyat prokuraturasi mazkur maqolaga munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Xabarda qayd etilgan holatlar viloyat prokuraturasida o‘rganilgan hamda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi viloyat prokuraturasi axborotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh (0)