Humo Air 2022-yilning birinchi yarmini 80,2 million so‘m zarar bilan yakunladi. Bu Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlarida qayd etilgan.
Birinchi olti oyda korxona daromadi 7 milliard so‘m, xizmatlarning tannarxi 6 milliard so‘m, xarajatlari esa 1 milliard so‘mni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, aviakompaniya o‘tgan yilning shu davrini 3,2 milliard so‘m sof foyda bilan yakunlagan edi.
Humo Air 2020-yilda “Maxsus aviatsiya ishlari bo‘yicha aviakompaniya” davlat unitar korxonasi mulki negizida tashkil etilgan.
Kompaniya uchun yangi samolyot sotib olinishi rejalashtirilgan edi, ammo hozir u eski An-2 samolyotlaridan foydalanilmoqda.
Avvalroq Humo Air Farg‘onadan So‘xga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)