Andijonda ajrashgan er-xotin umumiy mulk bo‘lgan avtomashinani bo‘lishib oldi.
Da’vogar G.Q. fuqarolik sudiga murojaat qilib, umumiy mulkdan, ya’ni turmushi davrida olingan avtomashinadan ulushini ajratib berishni so‘ragan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan umumiy mulk hisoblangan Cobalt avtomashinasi javobgar A.Q. foydalanuvida qoldirilishi, uning o‘rniga javobgar A.Q.dan da’vogar G.Q. foydasiga kompensatsiya sifatida avtomashina qiymatini teng yarmi, jami 37 836 000 so‘m undirilishi, shuningdek, G.Q. kompensatsiya olganidan keyin avtomashinadagi ulushiga bo‘lgan huquqini yo‘qotishi belgilandi.
Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida da’vogar G.Q. foydasiga 37 836 000 so‘m pullar undirilishi to‘liq ta’minlandi.
Izoh (0)