Shavkat Mirziyoyev Eronning qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan prezident Ibrohim Raisiyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yetkazishni so‘ragan. Jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Izoh (0)