Samarqand viloyati Nurobod tumanida Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
2022-yil 28-iyul kuni soat 05:00 larda A-378 Samarqand–G‘uzor avtomobil yo‘lining Nurobod tumani hududidan o‘tgan 31-kilometrida harakatlanib ketayotgan Lacetti ta’mirlash ishlari tufayli yo‘lning bir qatorini yopish uchun qo‘yilgan beton to‘siqqa borib urilgan.
Oqibatda Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan va uning haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida halok bo‘lgan.
Mashinada bo‘lgan ikki kishi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, ko‘prik ta’mirlanayotgan joyda turli ogohlantirish yo‘l belgilari o‘rnatilgan va YPX xodimlari xizmat avtomashinasining miltillovchi chiroqlari yoqib turganiga qaramasdan haydovchi juda katta tezlikda harakatlanib kelgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)