• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi don kelishuvi global ochlikning oldini oladimi?

    22-iyul kuni tinimsiz muzokaralar ostida Ukraina va Rossiya o‘zaro bitimga erisha oldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Turkiya yordami bilan ular Rossiya kuchlari tomonidan blokada qilingan Qora dengizdagi Ukraina portlarini oziq-ovqat eksporti uchun qayta ochishga kelishib oldi. 

    “Daryo” ikki davlat o‘rtasidagi don bitimi global ochlikka qanchalik ta’sir qilishini tahlil qildi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish kelishuvni “Qora dengizdagi mayoq” deb atadi. Uning fikricha, bu 50 million odamni ocharchilik yoqasiga olib kelgan global oziq-ovqat inqirozini yumshatadi. 

    Biroq bitim e’lon qilinganidan bir kun o‘tib, Rossiya raketalari Ukrainaning port shahri Odessaga zarba berdi. 

    26-iyul kuni mahalliy rasmiylar yana shunday hujumlar haqida xabar berdi. Shartnoma amalga oshiriladimi? Va agar shunday bo‘lsa, bu ochlikni yengillashtiradimi?

    Kelishuv nazariy jihatdan Ukrainaga har oy taxminan 5 million tonna oziq-ovqat eksport qilish imkonini berishi kerak. 

    Hozirda mamlakat quruqlik va Dunay daryosi bo‘ylab 2 million tonna eksport qilmoqda, bu ikkalasi ham Qora dengizga qaraganda ancha cheklangan yo‘nalishlar hisoblanadi. 

    Uning portlarida 20 million tonnaga yaqin don qolib ketgan. Bu yozgi hosildan keyin yana 60 millioni eksportga tayyorlanishi kutilmoqda. 

     

    Bularning barcha ta’siri muhim ahamiyatga ega. BMTining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, 40 ga yaqin mamlakat, jumladan, dunyodagi eng kambag‘al davlatlar bug‘doy importida 30 foizdan ko‘proq Ukraina va Rossiyaga tayanadi. 

    Eritreya va Somali kabi mamlakatlar esa deyarli barcha bug‘doy importini o‘zaro urush olib borayotgan ikki davlatdan amalga oshiradi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Shartnoma so‘nggi oylarda pasayotgan global oziq-ovqat narxlarini yanada jilovlashga yordam berishi mumkin. 

    FAO oziq-ovqat narxlari indeksi iyunda ketma-ket uchinchi oy tushib ketdi. Bunga asosan, don yetishtirishning ko‘payishi sabab bo‘ldi. 

    Avstraliyadagi mo‘l hosil va boshqa bug‘doy yetishtiruvchi mamlakatlarda qulay hosil sharoitlari bug‘doy narxini urushgacha bo‘lgan darajadan sal yuqoriga tushirdi. 

    Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi don bitimining e’lon qilinishi narxlarni yanada pasaytirdi.

    Shunga qaramay, noaniqliklar ko‘p. Birinchisi, Rossiya kelishuvga amal qiladimi va kemalarning Qora dengiz portlarini tark etishiga imkon beradimi, noma’lum. 

     

    Donni ko‘chirish ham logistika qiyinchiliklarini keltirib chiqaradi. Yuk tashish kompaniyalari va sug‘urtalovchilar urush davom etayotganda g‘allani tashishni istamasligi mumkin. 

    Urushdan zarar ko‘rgan portlar to‘liq quvvat bilan ishlamaslik ehtimoli bor. Yo‘lga chiqadigan kemalar Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining hujumlarini oldini olish uchun Ukraina tomonidan qo‘yilgan minalardan qochish maqsadida belgilangan yo‘ldan borishlari kerak bo‘ladi. 

    Zaruriy minalardan tozalash qachon va kim tomonidan amalga oshirilishi aniq emas. Turkiya esa BMT ko‘magida Rossiyaning qurol kontrabandasidan qo‘rquvini yo‘qotish uchun kemalarni tekshirishi kerak bo‘ladi. 

    Bugun, 1-avgust kuni Odessa portidan makkajo‘xori ortilgan birinchi kema jo‘nab ketdi, u Livanga yo‘l oldi. 

    Foto: Ukraina infratuzilma vazirligi

    Foto: Ukraina infratuzilma vazirligi

     

    Kema portni mahalliy vaqt bilan taxminan 8:45 da (Toshkent vaqti bilan 10:45 da) tark etgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

    Kelishuvning amalga oshirilishi bo‘yicha shubhalar oziq-ovqat narxini yana oshirishi mumkin — masalan, Odessadagi hujumlardan keyin bug‘doy narxi ko‘tarilgan. 

    Mavhumlik boshqa uzoq muddatli xavfli omillarga olib keladi. Yoqilg‘i va o‘g‘it kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi yuqoriligicha qolmoqda. 

    COVID-19 ning uzoq davom etayotgan ta’siri tufayli ta’minot zanjirlari ancha og‘ir ahvolga tushib qoldi. 

    Iqlim o‘zgarishi, yanada issiq havo va qurg‘oqchilik g‘alla ta’minotini cheklashga sabab bo‘lishi va buning ortidan narxlar oshishi qo‘rquvi yuzaga kelmoqda. 

    Hukumatlarning eksport nazorati va zahiralarni yig‘ish kabi noto‘g‘ri siyosati bosimni kuchaytirmoqda. 

     

    Bularning barchasi g‘alla bitimi to‘liq muvaffaqiyatli amalga oshadigan taqdirda ham qolgan muammolarning salmog‘i ko‘proqligini ko‘rsatadi. 

    Bundan tashqari, ko‘plab qashshoq mamlakatlardagi ochlikning ildizlari Ukrainadagi urushdan ham uzoqqa borib taqaladi. 

    Efiopiya, Somali va Yamandagi kabi mahalliy mojarolar ham ocharchilikka sabab bo‘lmoqda. Shri-Lankadagi iqtisodiy inqiroz ko‘plab o‘rta sinf fuqarolarni och qolishiga olib keldi.

    Agar Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv to‘liq amalga oshadigan bo‘lsa ham bu davlatlarda ahvol tezda o‘nglanib ketishi dargumon.

    01.08.2022, 19:44   Izoh (0)   43941
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston qaysi davlatlardan ko‘proq oziq-ovqat sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi

    01.08.2022, 11:22

    O‘zbekistonda yil boshidan beri birinchi marta deflyatsiya qayd etildi. Bu nimani anglatadi?

    01.08.2022, 10:50

    Yevropada energiya narxi rekord darajaga yetdi

    30.07.2022, 23:40

    O‘zbekiston eng ko‘p sotib olayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ma’lum bo‘ldi

    30.07.2022, 22:54

    O‘zbekistonda deyarli barcha bananlar Ekvadordan keltiriladi

    30.07.2022, 21:53

    AQSH yalpi ichki mahsuloti ketma-ket ikkinchi chorak pasaydi

    30.07.2022, 14:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.