AQSH Savdo vazirligining Iqtisodiy tahlil byurosi ma’lum qilishicha, ikkinchi chorakda AQSH yalpi ichki mahsuloti (YIM) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi, deb xabar bermoqda ‘‘Kommersant’’.
Bu hech bo‘lmaganda minimal o‘sishni kutgan ko‘pchilik tahlilchilarning prognozlaridan ham yomonroq.
YIMning pasayishi birinchi chorakda ham qayd etilgani sababli ko‘plab tahlilchilar texnik retsessiya (ko‘rsatkichning ketma-ket ikki chorakda pasayishi) haqida gapirmoqda.
AQSH Savdo vazirligida ikkinchi chorakda YIMning qisqarishi chakana savdo kamomadi, ko‘chmas mulkka investitsiyalar va davlat xarajatlarining kamayishi hisobiga tovar-moddiy boyliklarga xususiy investitsiyalarning qisqarishi bilan izohlanadi.
Biroq AQSH prezidenti Jo Bayden retsessiya haqidagi taxminlarga umuman o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.
Bizda bandlik darajasi rekord darajada. Korxonalar AQSHga rekord darajada sarmoya kiritmoqda. Amerika sanoati so‘nggi o‘ttiz yillikdagi eng kuchli tiklanishni boshdan kechirmoqda. Bu umuman retsessiya degani emas, — deydi Bayden.
AQSHda ishsizlik haqiqatan ham past (iyun oyida 3,6 foiz) va ikkinchi chorakda ish o‘rinlari soni 1 million kishiga oshdi.
AQSH moliya vaziri Janet Yellenning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilda AQSH iqtisodiyoti tez o‘sdi (5,5 foizga) va hozirgi vaziyat “zaruriy pasayish”dir.
S&P Global Ratings retsessiya xavfi 40-50 foizni tashkil qiladi va 2023-yilga yaqinroq ortadi, deb hisoblamoqda.
Iste’molchilarning mazmunli xaridlardan voz kechishi va arzonroq iste’mol muqobillariga o‘tishi AQSHda inflyatsiyaning tezlashishini sekinlashtirishga yordam berishi kerakligi ta’kidlanmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, Fed’ning stavkalarni oshirish ketma-ketligi AQSH iqtisodiy faolligining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘iga to‘g‘ri keladigan iste’mol xarajatlari o‘sishining yanada sekinlashishiga olib keladi va bu yirik retsessiya xavfini oshiradi.
Izoh (0)