O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—iyun oylarida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, sotib olinayotgan oziq-ovqatlarning 37,9 foizi Qozog‘istonga tegishli. Ikkinchi o‘rinda 25,6 foiz bilan Rossiya qayd etilgan. Braziliya uchinchi o‘rinni egalladi — 11,9 foiz.
O‘zbekiston Qozog‘istondan 375 mln dollarlik bug‘doy import qiladi. Ushbu mahsulot import qilinayotgan oziq-ovqat turlari ichida yetakchi bo‘lib, 23,2 foizni tashkil qiladi va deyarli barchasi Qozog‘istondan keltiriladi.
Bundan tashqari, 2022-yilning yarmida bu mamlakatdan margarin importi keskin oshdi — 13 barobar.
O‘zbekistonga Qozog‘istondan 30 mln dollar atrofida margarin mahsulotlari va qoramol go‘shti olib kelingan.
Yil boshidan beri Rossiyadan eng ko‘p margarin mahsulotlari, Braziliyadan shakarqamish, Belarusdan qoramol go‘shti import qilingan.
Avvalroq O‘zbekistonda deyarli barcha bananlar Ekvadordan keltirilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)