O‘zbekiston 2022-yilning birinchi yarmida 26,5 mln dollarlik banan sotib oldi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Banan importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 98,9 foizga o‘sgan. Uning yarim yilda umumiy oziq-ovqat importidagi ulushi 1,6 foizni tashkil qilgan.
Yanvar—iyun oylariga ko‘ra, sotib olingan bananlarning 97,6 foizi (25,9 mln dollar) Ekvadorga tegishli. Ushbu davlatdan banan importi o‘tgan yil bilan solishtirganda ikki barorga oshgan.
Avvalroq O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)