Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida 29-iyul, juma kuni Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o‘yinlari Bosh direktori Haydar Farmon, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse–Prezidenti Sherzod Tashmatov va videokonferens aloqa tizimi orqali Assotsiatsiya vitse–prezidentlari va IKA tarkibidagi milliy federatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbek milliy kurashining rivojanishida O‘zbekiston prezidentining hissasi juda katta. Shu bois bugun milliy kurash nafaqat O‘zbekistonning, balki, xalqaro sportchilarning ham sevimli sport turiga aylandi. Buning uchun O‘zbekiston hukumatiga, O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor qilamiz. Kelajakda milliy kurash bilan bog‘liq barcha yangiliklarni yoritib borish maqsadida onlayn jurnal tashkil qilamiz.IKA prezidenti tomonidan kurashning xalqaro maydondagi rivoji, o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalar, qit’aviy o‘yinlarda ishtiroki va joriy yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan qit’a va Jahon Chempionatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Haydar Farmon, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi prezidenti
Jumladan, 03—07-avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasi kurash bo‘yicha Afrika chempionati, 04—08-sentabr kunlari Tailandning Chonburi shahrida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati, 21—23-oktabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropa chempionati, 18—24-noyabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon Chempionatlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)