“Roma”ni tark etayotgan Eldor Shomurodovga Italiyaning qator jamoalaridan qiziqish bor.
“Torino” va “Bolonya” klublari 27 yoshli o‘zbekistonlik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha taklif yuborgan, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Shomurodovning rimliklar bilan shartnomasi 2026-yilga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq Eldor Shomurodov “Roma”ning Isroildagi yig‘iniga olib ketilmagani va rimliklar safini tark etishga yaqin turgani xabar qilingandi.
Shomurodov 2021-yilning yozgi transfer oynasida 18 million yevro evaziga “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgandi. U “bo‘rilar”safida jami 40 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va oltita golli uzatma amalga oshirdi.
Izoh (0)