Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanib kelgan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “E.S.” MCHJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasidagi elektr energiyasi hisoblagichiga yashirin tarzda uskunalar o‘rnatgan holda foydalanib kelingani oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)