• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abduqodir Toshqulov magistratura qabuliga topshirilayotgan chet tili sertifikatlarining 70 foizi soxta bo‘lib chiqayotganini aytdi

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida ijodiy, kasbiy imtihonlarni puxta tayyorgarlik asosida shaffof o‘tkazish masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparati mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, prorektorlar va ijodiy imtihonlar komissiya a’zolari ishtirok etdi.

    Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Yig‘ilish kun tartibidagi dolzarb masala – ayni kunda boshlangan ijodiy, kasbiy imtihonlarni shaffof va xolis o‘tkazish bo‘ldi.

    “Bugun oliy ta’lim korrupsiyadan xoli sohaga aylanmoqda. Buni so‘nggi vaqtda tizimdagi islohotlar, jumladan, o‘qishni ko‘chirishni tartibga solingani, magistraturaga qabulni sertifikat orqali amalga oshirilayotgani hamda tizimning to‘liq raqamlashganida ko‘rishimiz mumkin. Endi galdagi muhim masala - oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ijodiy, kasbiy imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazishdir”, – dedi vazir.

    O‘z so‘zida davom etar ekan, Abduqodir Toshqulov mas’ullarga imtihonlarni nazorat qilishga jalb etilgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar uchun yetarli sharoitlar yaratish, jumladan jarayonlarni adolatli o‘tkazishda halolligini ko‘rsatgan mutaxassislarni katta miqdordagi qo‘shimcha pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.

    Qayd etish lozimki, imtihonlarni adolatli va xolis o‘tkazish maqsadida vazirning tegishli buyrug‘i bilan vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar komissiyasi raislari va a’zolari tajribali, halol, pok, mas’uliyatli professor-o‘qituvchi va xodimlardan tasdiqlangani, ular o‘zlari faoliyat yuritmaydigan boshqa oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan holda shakllantirilgan.

    Kasbiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami qabul parametrlari 2 515 tani tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 mln 200 ming nafardan oshgan. Ulardan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 60 177 nafar, test bilan birgalikda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni esa 66 371 nafarni tashkil etmoqda.

    Majlisda vazir oliy ta’lim maskanlari rahbarlari hamda komissiya raislariga murojaat qilib, “Sizlarga katta ishonch bildirgan holda shunday mas’uliyatli vazifaga jalb qildik, bunda sizdan faqat halollik talab etiladi”, – dedi.

    Foto: Olit va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Foto: Olit va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Shuningdek, abituriyentlar ota-onalari va kuzatuvchilar uchun muassasa hududida imtihonni sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazish, jarayonlarni videotranslyatsiya qilish, har bir hududni navbatchi tez tibbiy yordam mashinasi bilan ta’minlash, jarayon haqida tezkor axborot berib borish, apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish, imtihon jarayonlariga ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari, blogerlarni taklif etish bo‘yicha ham mas’ullarga topshiriqlar berildi.

    Abduqodir Toshqulov yig‘ilish yakunida magistraturaga hujjat qabul qilishga ham to‘xtalib, topshirilayotgan chet tili sertifikatlarning 70 foizi soxtalashtirilayotganini qattiq tanqid qildi. Mas’ullarga ushbu holatni qat’iy nazoratga olishlari, qabul yakunlangach sertifikatlarni ekspertlar ishtirokida yana bir bor tekshirishlari, soxta sertifikat topshirganlarni o‘qishdan chetlatish bo‘yicha zarur ko‘rsatma berdi.

    29.07.2022, 12:24   Izoh (0)   7148
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vladimir Norov Qoraqalpog‘istondagi voqealar vaqtida turli xorijiy axborot resurslari feyk ma’lumotlar tarqatgani haqida gapirdi

    29.07.2022, 11:52

    “Bank mas’uli fuqarodan tirikligini tasdiqlovchi hujjat so‘rab to‘g‘ri qilgan”. “Agrobank” jamoatchilikni qiziqtirgan masalaga munosabat bildirdi

    29.07.2022, 11:48

    Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi boshlandi

    29.07.2022, 11:36

    Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar TIV delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi

    29.07.2022, 11:29

    Qashqadaryoda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadsiz ishlatilgani aniqlandi

    29.07.2022, 10:07

    Toshkentdagi ikki tumanning ba’zi joylarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    29.07.2022, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.