Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, Osiyoning eng badavlat ayoli Yan Xueyanning boyligi qariyb 24 mlrd dollardan 11 mlrd dollarga tushdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Bunga sabab qilib Xitoyda joriy yil mulk inqirozi kuchayib borayotgani ko‘rsatilmoqda, chunki 41 yoshli milliarder mamlakatning savdo bo‘yicha eng yirik ko‘chmas mulk ishlab chiqaruvchisi Country Garden Holdings’ni boshqaradi.
Uning ulushi asosan 1992-yilda Guangdong provinsiyasining Foshan shahrida kompaniyaga asos solgan otasi Yan Guotsiangdan meros bo‘lib qolgan.
Uy narxlarining tushishi, xaridorlarga bo‘lgan talabning zaiflashishi va yirik ishlab chiqaruvchilarni qamrab olgan qarz defolti sababli Country Garden aksiyalari bu yil o‘z qiymatining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi.
Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, Yan boyligining yarmidan ko‘pini yo‘qotganiga qaramay, Osiyodagi eng badavlat ayol bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq dunyoning eng boy oilasi bir kunda 11 mlrd dollar yo‘qotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)