Apple kompaniyasi Lamborghini kompaniyasining yetakchi avtomobil dizaynerlaridan biri Luiji Taraborrellini o‘zi boshqaradigan elektromobilini yaratish uchun yolladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Kompaniya 20 yillik tajribali italyan avtomobil ishlab chiqaruvchisi Luiji Taraborrellini Apple’ning bo‘lajak avtomobilini loyihalash uchun yolladi, — deydi Bloomberg.
Bloomberg’ning ta’kidlashicha, bu harakat kompaniyaning ko‘plab muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng elektromobillar dasturini qayta boshlaganini anglatadi.
Noyabr oyida Apple Tesla kompaniyasining sobiq muhandisi Kristofer Murni ishga oldi, uning jamoasi o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil ishlab chiqaradi.
Loyihada Ford, BMW, McLaren, Porsche va boshqa kompaniyalarning mutaxassislari ham ishlaydi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Apple 2025-yilda o‘z dizaynidagi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
1976-yilda asos solingan Apple iPhone, iPad, iMac, MacBook, iPod va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Izoh (0)