Toshkent shahar, Shayxontohur tumani “Chorsu” jarima maydonida joylashgan Range Rover avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” protalida e’lon qilingan.
Lot izohida yozilishicha, davlat raqami 01Y057HB bo‘lgan avtomobil 2019-yilda ishlab chiqarilgan va texnik soz holatda.
Range Rover kimoshdi savdosiga fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Chilonzor tumani MIB tomonidan qo‘yilgan.
“E-auksion” portali matbuot kotibining ma’lum qilishicha, bunday yuqori narxdagi avtomobil auksioni kamdan kam uchraydi va ushbu lot eng qimmatlaridan biridir.
Auksionga qo‘yilgan avtomobilning boshlang‘ich bahosi — 2,5 mlrd so‘m. Arizalar 1-avgust 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi ko‘p qavatli uy MIB tomonidan 14 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)