Toshkent viloyati Olmaliq shahri dehqon bozorining xodimi va sotuvchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi munosabat bildirdi.
Uning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, xodim va sotuvchi o‘rtasidagi nizoli holat 25-iyul kuni Olmaliq shahri “Oydin” dehqon bozori hududida sodir bo‘lgan. Bozor mas’ul xodimi — 1981-yilda tug‘ilgan I.Q. va sotuvchi ayol — 1971-yilda tug‘ilgan SH.A. bozor patta to‘lovi ustida o‘zaro kelishmay qolib, og‘zaki tortishuv janjalga aylangan.
Jarayonda ular bir-birini uyatli so‘zlar bilan so‘kib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida hududiy profilaktika inspektori tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan. Sud 28-iyul kuni o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)