Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona postida fuqaro tekshirilib, uning nos xaltasida psixotrop dorilar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Urgut tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan mamlakatga kirib kelgan fuqaroning narsalari tekshirilgan. Fuqaro I.U. “yashil yo‘lak” orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganda uning yonidan nos solingan xaltacha ichidan 8 dona “Tramadol” va 4 dona “Lirika” psixotrop dorilar borligi aniqlangan.
Izoh (0)