• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Gollivud yulduzi Jeyson Stetxem 55 yoshda: Aktyor haqida 15 ta qiziqarli fakt (foto)

    Gollivudning mashhur aktyorlaridan biri, “Forsaj” kinokartinasining yulduzi Jeyson Stetxem 55 yoshni qarshi oldi. “Lisa.ru” nashri aktyorning oilasi, ijodi haqida qiziqarli faktlar keltirdi.

    Ijodkorlar oilasi

    Jeysonning otasi barlarda ijod qiluvchi xonanda, onasi esa raqqosa bo‘lgan. Uning otasi Barri Kanar orollariga borgan va u yerda vaqti-vaqti bilan konsert bergan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Sportga mehr qo‘ygan oila

    Bo‘lajak aktyorning otasi va akasi boksni yaxshi ko‘rgan. Jeyson bu xususiyatni katta akasidan olgan va u bilan mashq qilgan. Stetxem ham ushbu sport turiga qiziqqan va ba’zida futbol bilan ham shug‘ullangan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Yulduzlar bilan tanishish

    Bo‘lajak aktyor yoshligida futbolga kirishiga sababchi bo‘lgan futbolchi Vinni bilan uchrashdi. Stetxem futbolchini hayratda qoldiradi, ya’ni u besh yil davomida maktab futbol jamoasida o‘ynadi. Keyinchalik Vinni mashhur futbolchiga aylandi va filmlarda ham rol o‘ynay boshladi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Professional suzuvchi

    Jeyson suzishni yaxshi ko‘rgan, bundan tashqari u suzish sport turiga ixtisoslashgan Buyuk Britaniya terma jamoasining a’zosi bo‘lgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ota-onasiga yordam bergan farzand

    Stetxem bo‘sh vaqtlarida ko‘chada atir va zargarlik buyumlarini sotgan. Aktyorning puli o‘ziga zo‘rg‘a yetgan, biroq u doim ota-onasiga yordam bergan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Modellik karyerasi

    Kelishgan sportchi Tommy Hilfiger brendi reklama agentining e’tiboriga tushadi. U o‘z kompaniyasiga yangi model topish uchun sportchi mashg‘ulot o‘tkazayotgan suv havzasiga keladi. Dastlab Jeyson jinsi shimlarni reklama qildi, keyin uning fotosuratlari boshqa mashhur nashrlar sahifalarida paydo bo‘la boshladi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Muvaffaqiyatli debyut

    Stetxem kino olamga u bilan hamkorlik qilgan moda brendi rahbariyati tufayli kirib keladi. U 1998-yilda kompaniya direktori Gay Ritchining “Qarta, pullar, ikki qurol” nomli yangi filmini suratga olishga qaror qiladi. Ssenariyni o‘qib chiqqach, u rejissorga o‘z taklifini beradi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Gayga Jeysonga tashqi tomonidan o‘xshagan qahramon yoqardi. Bundan tashqari Gay sobiq sportchi ko‘chada savdo bilan shug‘ullangan paytda uning narsasini sotib olgan.  “U menga aktyorlikda tahsil olgan yigitni qabul qila olmasligini, nimani o‘rganishim kerakligini aytdi. Bu haqda darsliklarda yozilmaydi” , — deb eslaydi aktyor.

    Richi unga vazifani ishonib topshirgan: u insonlarga arzon zargarlik buyumlarini oltin deb sotish kerak edi. Stetxem bu vazifaning uddasidan chiqadi va filmdagi asosiy rollardan birini oladi. Shu tariqa uning aktyorlik karyerasi boshlandi.

    Gollivud sari

    Ko‘plab muxlislar aktyorni britaniyalik rejissor tufayli butun dunyoga mashhur bo‘lgan deb o‘ylaydi, chunki 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida u Gayning filmlarida rol o‘ynagan.

    Keyinchalik ham aktyor Richi tufayli yulduzga aylangani haqida mish-mishlar tarqalgan. Shundan keyin Jeyson Gollivud sari qadam tashlaydi va yanada muvaffaqiyatli, izlanuvchan aktyorga aylanadi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Moskvaga tashrif

    Aktyor 2013-yilda Gollivud yulduzi Jennifer Lopes bilan birga “Parker” filmida suratga tushdi. Kinokartina Jeyson faoliyatidagi eng yaxshi filmlardan biri bo‘lmasa ham aktyor shu kinokartina tufayli Moskvaga tashrif buyurgan. U yangi film premyerasida qatnashishdan tashqari “Tungi Urgant” shousining suratga olish jarayoniga ham tashrif buyurishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Qo‘rquvni yengish

    Aktyor kaskadyorlarning yordamidan voz kechib barcha tryuklarni o‘zi bajarishga harakat qiladi. Jeyson hech narsadan qo‘rqmaydi, lekin unda avval akrofobiya (balandlikdan qo‘rqish hissi) bor edi.

    U 2016-yilda “Mexanik: Tirilish” filmida rol o‘ynadi va shu kinokartina tufayli qo‘rquvini yengdi. Keyinroq aktyor sahnalardan birida qo‘llari terlaganidan juda xavotirga tushganini aytdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Jinoyatchilar bilan uchrashuv

    Jeyson “O‘lim poygasi” filmida suratga tushayotgan vaqtda, rolga yaxshiroq kirishish uchun qattiq rejimdagi xavfsizlik koloniyasiga borgan. U ko‘plab jinoyatchilar va qotillar bilan muloqot qilgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Zabt etilmagan yurak

    Kelishgan aktyorning ko‘plab muxlislari unga ko‘ngil qo‘ygan. Stetxem ko‘plab mashhur ayollar bilan uchrashgan. Ammo ularning hech biri uning qalbini zabt eta olmadi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Rouzi bilan tanishuv

    Jeyson 2010-yilda, ijtimoiy tadbirlardan birida model Rozi Xantington-Uaytli bilan uchrashadi va u aktyorni hayratda qoldiradi. Aktyor bir necha bor unga o‘xshagan ayollarni hech qachon uchratmaganini aytgan.

    Juftlikning orasidagi 20 yillik farqqa qaramay, Rozi ham Jeysonni sevib qoldi va u bilan munosabatlarini boshladi. Dastlab, hech kim bu sevgiga ishonmadi, muxlislar bu aktyorning yosh va go‘zal qiz bilan uzoqqa bormaydigan munosabati deb o‘yladi.

    Foto: “Yandex.ru”

    Foto: “Yandex.ru”

    Bir umrlik sevgi

    Juftlikning hayoti havas qiladigan darajada bo‘lmasa ham ular qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qildi. Jeyson va Rouzi 2016-yilda unashtirilganini e’lon qildi va bir yildan so‘ng ularning birinchi farzandi — o‘g‘li Jek tug‘ildi.

    Rouzi va Jeysonning muxlislari ular qachon to‘yini o‘tkazishini kutmoqda, biroq ular bu masalada shoshilmayapti. Juftlikning ikkinchi farzandi — qizi Izabella 2022-yilning fevral oyida dunyoga keldi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Tadbirdagi kelishmovchilik

    Aktyor 2008-yilda Playboy tomonidan tashkil etilgan, Xyu Xefner saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirdan chiqarib yuborilgan. Bunga Jeysonning fotosessiyada qatnashishdan va jurnalistlar bilan muloqot qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Mavzuga doir:

    • Gollivud yulduzi Jeyson Stetxem va Rozi Hantington-Uaytli ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi
    • Jeyson Stetxem Miramax’ning yangi trillerida asalarichiga aylanadi
    • Gollivud yulduzi Jeyson Stetxem va model Rozi Hantington-Uaytli ikkinchi marta ota-ona bo‘ladi
    • “Forsaj” yulduzi Jeyson Stetxem Turkiyadagi o‘q o‘tmaydigan villada dam olmoqda

    28.07.2022, 19:40   Izoh (0)   23772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bollivud yulduzi Jonni Lever qanday qilib komediya qiroliga aylandi? U nega filmlarda ko‘rinmay qoldi?

    28.07.2022, 15:47

    Hamdam Sobirov, Jahongir Xo‘jayev, Janob Rasul va boshqa o‘zbek san’atkorlarining Instagram sahifasidagi reklama narxi qancha?

    28.07.2022, 12:47

    Bred Pitt 40 million dollarga orzusidagidek okean yaqinida joylashgan uyni sotib oldi (foto)

    28.07.2022, 11:36

    Instagram: Ravshan Komilov nevarali, Ma’rufxon Muhammedov farzandli bo’ldi, Parizodaning muxlislariga murojaati, Botir Imomxo’jayev bilan bo’lgan ko’ngilsizlik

    27.07.2022, 22:22

    Kitoblari qo‘l bilan o‘qiladigan kutubxona

    27.07.2022, 19:42

    “Baxtli kunlarni yashayapmiz”. Shohruxxon Asal Shodiyevaning ijod qilishiga munosabati  hamda filmlardagi gonorari 5 ming dollarga baholangani haqida (video)

    27.07.2022, 19:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.