• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Bollivud yulduzi Jonni Lever qanday qilib komediya qiroliga aylandi? U nega filmlarda ko‘rinmay qoldi?

    Bollivudning dunyoga mashhur aktyorlaridan biri, filmlardagi komedik ijrosi orqali ko‘plab muxlislarning qalbidan joy olgan Jonni Lever yillar davomida tomoshabinlarning yuzida tabassum paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Aktyorning filmlardagi qahramonlari har qanday keskin vaziyatni bartaraf etishga, hatto yovuz odamning uyini ham kulgi maskaniga aylantirishga qodir. Jonni Hindistonning taniqli komediyachilaridan biri va ko‘plab mukofotlar g‘olibi hisoblanadi. Aktyor Filmfare Awards tomonidan beriladigan “Yilning eng yaxshi komediya ustasi”  nominatsiyasida “Muhabbat azobi” va “Kuyov Raja” filmlaridagi ijrosi uchun rekord darajada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. U o‘z faoliyatini 1984-yilda boshlagan va 300 dan ortiq filmlarida suratga tushgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Jonnining asl ismi Jon Prakash Rao Janumala. U 1957-yil 14-avgustda telugu nasroniy oilasida tug‘ilgan. Bolaligining ko‘p qismini Mumbay shahri atrofidagi tor ko‘chalarda o‘tkazgan. Jonnining otasi Hindustan Lever kompaniyasida operator bo‘lib ishlagan. Uning maoshi oilani boqishga zo‘rg‘a yetgan, sababi olti farzandni (uch o‘g‘il va uch qizni) boqish uchun ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Bo‘lajak aktyor maktabda 7-sinfgacha tahsil olgan va ota-onasining puli yo‘qligi sababli maktabni tashlab ketishga majbur bo‘lgan. U dastlab ko‘chalarda qalam sotgan, mashhur treklarga raqsga tushgan va Bollivud aktyorlariga taqlid qilgan. Keyin uning otasi o‘zi ishlayotgan kompaniyaga ishchi qilib oladi va aktyor u yerda 6 yil ishlaydi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Aktyor ishdan tashqari mimikani o‘rgandi va sahna ko‘rinishlarini kuzatdi, ayniqsa amerikalik xonanda Elvis Presliga taqlid qilishni boshladi. Shu mahorati tufayli u o‘zi ishlayotgan kompaniyada o‘tkazilgan tadbirda nutq so‘zladi. Ziyofatda Jon hokimiyatni a’lo darajada taqlid qildi va shundan keyin hamma uni “Jonni Lever” deb atay boshladi. Bu taxallus oxir-oqibat uning hayotida abadiy muhrlandi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Kino sanoatiga kirishim qiyin edi. Dastlab men o‘zimni taqlid qilish yo‘nalishida sinab ko‘rdim. Mening mashhurligim Ashok Kumar, Om Prakash, Shatrugan Singh va Sanjiv Kumarni taqlid qilganimdan keyin yanada ortdi.  Aktyor Sunil Datt tufayli katta ekranga chiqdim, u mendagi salohiyatni ko‘rib, o‘zining 1982-yilda suratga olingan ‘Og‘riqlar bog‘lari’ filmida epizod rollardan birini o‘ynashni taklif qildi” , — deydi aktyor.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Mening hamkasblarim men haqimda turli xil yomon gaplarni aytganini eshitdim. ‘U shunchaki taqlidchi. Aktyorlik haqida nimani biladi?’ , — deyishdi. Ammo karyeram rivojlanib borar ekan, men taqlid qilishdan qocha boshladim va qahramonlarimning shaxsiyatiga e’tibor qaratdim. ‘O‘lim bilan o‘ynashish’, ‘Muvaffaqiyatsiz o‘g‘irlik’, “Titrar yuraklar’, ‘Yoningizda’ va ‘Hayotda hamma narsa bo’ladi’ filmlarini faoliyatimdagi eng yaxshi kinolar deb bilaman” , — deydi Jonni Lever.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Jonnining birinchi mashhurlikka erishgan filmi “O‘lim bilan o‘ynashish” kinokartinasi bo‘ldi, shundan so‘ng u ko‘plab filmlarda ikkinchi darajali aktyor yoki komediyachi sifatida tanlandi. Kino olamga o‘tganiga qaramay, Jonni jonli chiqishlarni davom ettirdi va 90-yillarda o‘z karyerasining cho‘qqisiga yetdi. Keyin esa uning hayotida baxtsiz hodisa yuz berdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Uning 10 yoshli o‘g‘li Jessiga tomoq saratoni tashxisi qo‘yildi. “Mening o‘g‘lim saraton kasalligiga chalingan. Ojiz edim. Shundan keyin filmlarda rol o‘ynashni to‘xtatdim va u uchun ibodat qilishni boshladim. Keyin o‘g‘lim yana tekshiruvdan o‘tkazildi va shifokorlar hayratda qoldi, chunki saraton yo‘qolgan edi. Men uchun bu yangi hayotning boshlanishi edi. Men katolik oilasida tug‘ilganman, lekin hech qachon Bibliyani o‘qimaganman. O‘g‘lim tuzalib ketganidan keyin men Xudoga ishona boshladim va Bibliyani to‘liq o‘qib chiqdim. Avliyo emasman, lekin hozir men Xudoga va ibodatlarga har qachongidan yaqinroqman” , — deb tan oladi Jonni.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Aktyor Sujata ismli ayol bilan turmush qurgan. Jonnining o‘g‘li Jessi komediya yo‘nalishida ijod qiladi, qizi Jeymi esa aktrisa sifatida tanilgan. Lever faoliyati davomida 300 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U ulkan muvaffaqiyatga erishishiga qaramay kamtarligini yo‘qotmadi. Jonnining kino olamdagi hamkasblari uni o‘ziga xos iste’dod egasi deb e’tirof etgan. Aktyor har doim o‘z ishida intizomli. U belgilangan vaqtdan bir soat oldin suratga olish ishlariga keladi, bu esa hindlar orasida juda kam uchraydi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Lever filmlarda kam ko‘rinish bersa ham tomoshabinlar u ekranda paydo bo‘lganda xursand bo‘ladi. Aktyor tez kunlarda namoyish etilishi kutilayotgan, Ranvir Singx ikkita rolni ijro etgan Rohit Shettining “Sirk” kinokomediyasida suratga tushdi.

    28.07.2022, 15:47   Izoh (0)   16873
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hamdam Sobirov, Jahongir Xo‘jayev, Janob Rasul va boshqa o‘zbek san’atkorlarining Instagram sahifasidagi reklama narxi qancha?

    28.07.2022, 12:47

    Bred Pitt 40 million dollarga orzusidagidek okean yaqinida joylashgan uyni sotib oldi (foto)

    28.07.2022, 11:36

    Instagram: Ravshan Komilov nevarali, Ma’rufxon Muhammedov farzandli bo’ldi, Parizodaning muxlislariga murojaati, Botir Imomxo’jayev bilan bo’lgan ko’ngilsizlik

    27.07.2022, 22:22

    Kitoblari qo‘l bilan o‘qiladigan kutubxona

    27.07.2022, 19:42

    “Baxtli kunlarni yashayapmiz”. Shohruxxon Asal Shodiyevaning ijod qilishiga munosabati  hamda filmlardagi gonorari 5 ming dollarga baholangani haqida (video)

    27.07.2022, 19:39

    Javohir Zokirov, Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova. Chet el kinofilmlarida rol ijro etgan o‘zbek aktyorlari (video)

    27.07.2022, 16:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.