• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Javohir Zokirov, Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova. Chet el kinofilmlarida rol ijro etgan o‘zbek aktyorlari (video)

    O‘zbek kino olamidagi ayrim aktrisa va aktyorlar chet el kinofilmlari, seriallarida suratga tushgan. Quyida shu kabi film va seriallar keltiriladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Shahzoda Matchonova va Sitora Farmonova “Yotoqxona” seriali

    O‘zbek aktrisalari orasida chet el seriallarida ishtirok etgan aktrisalar ham bor. Qirg‘iziston kinoijodkorlari tomonidan 2013-yilda suratga olingan “Yotoqxona” serialida rol ijro etgan Shahzoda Matchonova va Sitora Farmonova aynan shunga misoldir. Serialda Qirg‘izistonning mashhur aktyorlaridan Salomat Aliyev, Nurbek Savitxonov, Eldiyar Kenensarov rol o‘ynagan. Serial talaba qiz Taxminaning sevgi hikoyasi va bir qancha mavzularni o‘z ichiga oladi. Unda matematika sohasida yaxshi bilimga ega bo‘lgan Azamat poytaxtga kelgan viloyatliklarni himoya qiladi. Irodali va go‘zal Meerim sirli o‘tmish va o‘z xarakteri bilan bilan kurashadi. Serialda real hayot barcha yuzaga keladigan muammolar — turmush darajasi, korrupsiya, etnik muammolar ko‘rsatiladi. O‘zbek aktrisalari ijrosidagi serial shu kabi voqealarni o‘z ichiga oladi.

    Bobur Yo‘ldoshev “Amirning o‘g‘li Ivan” kinokartinasi

    Rossiya kinoijodkorlari tomonidan 2014-yilda ishlangan “Amirning o‘g‘li Ivan” kinokartinasida taniqli o‘zbek aktyori Bobur Yo‘ldoshev rol ijro etgan. Filmda Rossiyaning taniqli kinoaktyorlari Karolina Grushka, Dmitriy Dyudjev, Andrey Merzlikin ham ishtirok etgan. Filmda sevastopollik yosh ayol urushdan qochib, bolalari bilan o‘zbek qishlog‘ida qoladi va u yerda tirik qolish uchun oddiy ishchiga turmushga chiqishga rozi bo‘ladi. Oradan vaqt o‘tib u yana bir farzandni dunyoga keltiradi. Uchinchi xotin bo‘lishga rozi bo‘lgan ayol dengizchilik bilan shug‘ullangan turmush o‘rtog‘ining tirikligiga ishonadi, vaqt o‘tib uning birinchi turmush o‘rtog‘i qaytib keladi.

    Alixan “Sumerki” kinofilmi

    O‘zbek kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyor Alixan 2009—2010-yilda AQShda suratga olingan “Sumerki” kinofilmida rol ijro etgan. Aktyor bu film orqali kuniga 250 dollardan 750 dollargacha mablag‘ topganini aytgan. Ushbu film 18 yoshni endi qarshilagan Bellaning hayotida sodir bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Uni yoqtirib qolgan Edvard Kallen esa qizni vampirlardan himoya qilish uchun Bella bilan munosabatlarini tugatishga qaror qiladi. To‘rt oy tushkunlikdan qutila olmagan qizning hayotiga yangi insonlar kirib keladi va u barchasini unuta boshlaydi. Vampirlar bilan kurash olib borgan qahramonning munosabatlarda umuman omadi kelmaydi. Film oxirida Bella do‘sti bilan Italiyaga boradi va o‘sha yerda muvaffaqqiyatga erishadi.

    Yoqub Ahmedov, Zikir Muhammadjonov, Rajab Adashev “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmi

    Hindiston kinoijodkorlari tomonidan 1979-yilda suratga olingan “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmida uchta o‘zbek aktyori: Yoqub Ahmedov, Zikir Muhammadjonov, Rajab Adashev ishtirok etgan. Film namoyish etilganidan so‘ng katta muvaffaqqiyatga erishdi. Unda Hindistonning mashhur juftliklaridan biri Hema Malini, Dharmendra va boshqa ko‘plab mashurlar rol ijro etgan. Millionlab tomoshabinlarning qalbidan joy egallagan kinofilm quyidagi voqealardan iborat: qadimiy shahar Gulobodda akasi Qosim va onasi bilan yashayotgan Alibobo ismli yigit shaharga kirib kelgan savdogarlarni tunaydigan 40 qaroqchiga qarshi kurashadi va buning natijasida juda ko‘p sarguzashtlarga duch keladi. Hindiston shohining qizi Marjonani yoqtirib qolgan Alibobo bundan ancha vaqt oldin daraksiz bo‘lib ketgan otasini topadi va qaroqchilar yashiringan sirli g‘orning tilsimini bilib oladi. U Gulobod shahrini zolim hokimdan ozod qiladi. Biroq bu yo‘lda boylik yo‘lida hech narsadan toymaydigan akasini yo‘qotadi. Kinofilm yakunida suvsiz qolgan Gulobod aholisi yana suvga ega bo‘ladi va shaharga Aliboboni hokim qiladi.

    Furqat Fayziyev “Visotskiy, tirikliging uchun rahmat”, “Platina” filmlari

    “Yulduzingni ber osmon” filmi orqali ko‘plab muxlislarga tanish bo‘lgan aktyor Furqat Fayziyev 2011-yilda Rossiya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Visotskiy, tirikliging uchun rahmat” kinokartinasida va 2007-yilda namoyish etilgan “Platina” filmlarida rol ijro etgan. Ushbu film afsonaviy teatr va kino aktyori, tribuna va shoir Vladimir Visotskiy hayotining besh kunida kechgan real voqealarni o‘z ichiga oladi. Filmdagi voqealar 1979-yilning yozida, Visotskiyning bevaqt vafotidan bir yil oldin, Buxoroda O‘zbekiston bo‘ylab gastrol safari chog‘ida sodir bo‘ladi. U hayot va o‘lim yoqasida muvozanatni saqlaydi: Visotskiy yurak xuruji sababli u klinik o‘limni boshdan kechiradi.

    Alisher Uzoqov “Zastava” seriali

    Alisher Uzoqov ham Rossiya kinoijodkorlari tomonidan 2007-yilda ishlangan “Zastava” serialida bosh qahramonlardan birini ijro etgan. Ushbu serialga suratga tushgandan keyin aktyor 40 dan ortiq kinofilmlarda ishtirok etgan. Aktyor ijrosidagi “Janob hech kim”, “Tundan tonggacha”, “Sevgi farishtasi”, “Uylanish” filmlari tomoshabinlar qalbidan joy egallagan. “Zastava” seriali giyohvand moddalar savdosi yo‘liga to‘sqinlik qilgan, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan harbiylarning jasorati, o‘z vatanining chegaralarini himoya qilish hayotning bir qismiga aylanganlar haqida. Film tojik-afg‘on chegarasida sodir bo‘lgan real voqealarga asoslangan. Rossiya chegarachilari 2004-yilda rus qo‘shinlari u yerdan olib chiqilgunga qadar bu chegarani yuz yildan ko‘proq vaqt davomida qo‘riqladi. Bu vaqt ichida chegara postlariga ko‘plab hujumlar uyushtirildi. Masalan, 1993-yilda 45 chegarachi ularni qurshab olgan 250 nafar mujohir bilan jangga kirdi, unda 25 nafar chegara himoyachisi halok bo‘lgan, 11 soat davom etgan, biroq jangarilar postni egallashga ulgurmagan. 1994-yilda xuddi shu postda 18 nafar chegarachi so‘nggi texnologiyalar bilan qurollangan 60 nafar terrorchiga qarshi turdi va qo‘shimcha kuchlar kelguniga qadar uch soatdan ko‘proq vaqt davomida hujumni qaytardi.

    Seydulla Moldaxanov “Yulduzlar”, “G‘alaba kuni”, “Geolog: O‘limdan kuchliroq”

    Seydulla Moldaxanov bir nechta chet el filmlarida suratga tushgan. Aktyor Rossiya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Yulduzlar”, “G‘alaba kuni”, “Geolog: O‘limdan kuchliroq” filmlarida suratga tushgan. Seydulla Moldaxanov teatrda ham faoliyat yuritgan. “Geolog: O‘limdan kuchliroq” kinokartinasidagi voqealar o‘tgan asrning 60-yillarida Rossiyada sodir bo‘ladi. Kinofilmda geologiya fakultetining ikki nafar bitiruvchisi Toshkentdan Novosibirskka amaliyot o‘tash uchun boradi. Chet eldagi hayotga ko‘nikmagan talabalar mahalliy qaroqchilarda duch keladi, otishmalardan omon qoladi va bo‘rilar bo‘lgan o‘rmonda tunab qoladi. Ular astoydil tirik qolishga va vaziyatlardan chiqib ketishga harakat qiladi.

    Nozim To‘laxo‘jayev “Osmon va yer”

    Faoliyati davomida 40 dan ortiq kinofilmlarda suratga tushgan Nozim To‘laxo‘jayev 2003-yilda Rossiya va Belorussiya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Osmon va yer” serialida, Yaponiya kinorejissorlari namoyish etgan, 1997-yilda ekranlarga chiqqan “Men xohlayman” kinokartinasida rol ijro etgan. Serialdagi voqealar mahalliy aeroport xodimlari: uchuvchilar, styuardessalar, bojxona xodimlarining bir muddatlik hayoti haqida. Har bir qahramonning shaxsiy hayotida yetarlicha muammolar borligi ko‘rsatilgan serialda yo‘lovchi samolyotining dvigateli yonib ketadi, keyinroq parvoz vaqtida tahdidlar yozilgan yozuvlar topiladi. Keskin voqealarni o‘z ichiga olgan “Osmon va yer” serialida styuardessa Marina va uning turmush o‘rtog‘i, uchuvchi Viktor Shvedov samolyot bortida yuzaga kelgan vahimali holatni tinchlantirishga harakat qiladi.

    Javohir Zokirov “May oyining yetti kuni” filmi

    O‘zbek kino olamida eng ko‘p gonorar oladigan aktyorlardan biri Javohir Zokirov 2011-yilda Qozog‘iston va Rossiya hamkorligida suratga olingan rejissor Ermek Tursunovning “May oyining yetti kuni” filmida bosh rollardan biri “Xasan” obrazini gavdalantirgan. Filmda Javohir Zokirov bilan birgalikda mashhur aktrisa Yevgeniya Loza va aktyorlar Vladimir Yaglich, Sergey Ugryumov rol ijro etgan. Kinokartinaning qisqacha ifodasi quyidagicha: 2001-yilning may oyida Olmaotadagi tijorat banklarining birida katta o‘g‘rilik  amalga oshiriladi. Olmaotadagi Amerika elchixonasidan 50 metr uzoqlikda sodir bo‘lgan ushbu hujumda bir necha kishi halok bo‘ladi. Jinoyatchilar 700 ming dollar miqdoridagi pulni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi, shundan so‘ng  poytaxtdagi valyuta ayirboshlash shaxobchalari va tashkilotlarda bir qator reydlar o‘tkaziladi. Buning natijasida jinoyat juda tez ochiqlanadi, biroq u shahar aholisining ham, huquq-tartibot idoralari xodimlarining ham xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ushbu kinofilmda Muxlisov to‘dasining amalga oshirgan bir qancha jinoyatlarini ham ko‘rish mumkin.

    Foto: “Yandex”

    Foto: “Yandex”

    Mavzuga doir: Kaan Urganjio‘g‘li, Satoko Akio, Pavel Priluchniy va o‘zbek filmlarida suratga tushgan boshqa xorijiy aktyorlar (foto, video)

    27.07.2022, 16:43   Izoh (0)   27299
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbek estradasidagi ko‘plab xit qo‘shiqlar muallifi Bahodir Nizomov Green Card yutgani haqida so‘zlab berdi (video)

    27.07.2022, 12:41

    Engin Akyurek va Eda Eje juftligi, Italiyada restoran ochayotgan Jan Yaman: turk ijodkorlarining yangi loyiha hamda rejalari (foto)

    27.07.2022, 10:43

    Instagram: Singlisiga mashina sovg’a qilgan Muhammadziyo, yaqin insonidan ayrilgan Ra’no Shodiyeva, “zapret”ga tushgan Shohrux Hamdamov

    26.07.2022, 22:45

    “Turmush o‘rtog‘imning muxlisasi edim”. Sharof Muqimovning rafiqasi ular qanday tanishgani haqida gapirib berdi

    26.07.2022, 16:48

    “O‘g‘irlanmagan kelin”, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”: Bollivud yulduzlari Shohrux Xon va Kajol partnyorligidagi eng yaxshi filmlar (video)

    26.07.2022, 14:38

    Mavluda Asalxo‘jayeva otasini aldab teatr institutiga o‘qishga kirgani, maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagani va Turkmanistonning mashhur rok guruhida qo‘shiq kuyla...

    26.07.2022, 11:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57

    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

    Reklama | 5 iyun, 21:54

    Megan Markl ilk bor qizi Lilibetning yuzini ko‘rsatdi

    Shou-biznes | 5 iyun, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.