AQSH Federal rezerv tizimi (Fed) bazaviy foiz stavkasini ketma-ket ikkinchi marta — 0,75 punktga, yillik 2,25 foizdan 2,5 foizga oshirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Iyun—iyul oylarida jami o‘sish 150 bazaviy punktni tashkil qildi. Bu esa 1980-yillarning boshidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.
So‘nggi marta regulyator stavkani 15-iyunda ham 0,75 punktga oshirgan edi.
Joriy press-relizda Fed inflyatsiyani 2 foiz maqsadiga qaytarishga qat’iy sodiq ekanligini ta’kidlaydi.
Qaror iqtisodchilar va bozor ishtirokchilarining prognozlariga to‘g‘ri keldi.
Markaziy bank rahbariyati AQSH iqtisodiyotida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va xarajatlarning zaiflashganini qayd etdi, biroq u qarz olish narxining yanada oshishini kutayotganini tasdiqladi.
Izoh (0)