Mart oyining birinchi yarmida so‘m almashuv kursi o‘zining eng yuqori darajasiga yetib, yil boshidan 6,8 foizgacha qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Mart oyining ikkinchi yarmidan bugungi kunga qadar esa 5,2 foizga mustahkamlandi.
Natijada, so‘mning dollarga nisbatan yil boshidan beri qadrsizlanishi 1,2 foizga teng bo‘ldi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,13 so‘mga ko‘tarilib, 10 919,98 so‘mni tashkil qildi. Yevro esa 4,62 so‘mga pastlab, 11 093,61 so‘m bo‘ldi. Rubl ham oshish kuzatilgan — 1,12 so‘mga ko‘tarilib, 188,85 so‘m bo‘ldi.
Izoh (0)