2022-yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3 540,5 ming so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 19,3 foizga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Eng kam oylik ish haqi ikki barobarga — jami 23,1 foizga oshirilib, hozirda 922 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Tarmoqlar bo‘yicha eng yuqori maoshlar bank, moliya va sug‘urta sohalarida — 9,15 mln so‘m.
Ikkinchi o‘rinni 6,69 mln so‘m bilan axborot va aloqa sohasi egalladi.
Uchinchi o‘rinda 4,65 mln so‘m bilan tashish va saqlash sohasi turibdi.
Sohalar doirasida ajratilgan faoliyat turlari orasida dasturlash 11,2 mln so‘m bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda yordamchi moliyaviy xizmatlar (10,08 mln so‘m) va sug‘urtalash (9,14 mln so‘m) turadi.
Eng kam daromad sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,38 mln so‘m) va ta’lim (2,58 mln so‘m) sohalarida qayd etildi.
Izoh (0)