“Sberbank” 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi bank kartalariga pul o‘tkazish komissiyasini bekor qilishini ma’lum qildi.
0 foizlik komissiya “Sberbank” onlayn ilovasidan quyidagi bank kartalariga pul o‘tkazishda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston bo‘yicha:
- “Agrobank”
- “Universalbank”
- “Hamkorbank”
- “Xalq banki”
- “Orient Finans Bank”
Qirg‘iziston bo‘yicha :
- “Finca Bank”
- “Bakay Bank”
- “Keremet Bank”
- “Bank Kompanon”
- “ELSOM” va “O!Dengi” elektron hamyonlari.
“Sberbank” kartasidan O‘zbekistonga kuniga 50 ming rublgacha, Qirg‘izistonga esa 150 ming rublgacha komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Oylik limit O‘zbekiston uchun 600 ming rublni, Qirg‘iziston uchun esa 1,5 mln rublni tashkil etadi.
Izoh (0)