Namangan shahrida 2 ta Spark to‘qnashib, ulardan biri ag‘darilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Islom Karimov ko‘chasida 50 W 719 SA davlat raqam belgili Spark avtomashinasini boshqarib ketayotgan ayol “Afsonalar bog‘i” chorrahasida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan 50 Q 321 UA davlat raqam belgili Spark avtomobiliga yo‘l bermay burilib yuborishi sabab to‘qnashuv sodir etib, ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. 1 nafar yo‘lovchi jarohat olgan va unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)