Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan amalga oshirilgan.
Allamjonov Prezident Administratsiyasida jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosatiga mas’ul bo‘ladi.
Izoh (0)