• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Rol uchun 25 kg ozgan, sochini kalga oldirgan: Sifatli ijod mahsuli uchun tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirgan shou-biznes vakillari (foto)

    Xorij aktyorlarining rol uchun tashqi qiyofasini o‘zgartirgani haqidagi ma’lumotlarni ko‘p eshitganmiz. Aslida bu o‘zbek aktyorlari uchun ham yangilik emas. Chunki ular hamisha rolning ishonchli chiqishi uchun tashqi qiyofalarini o‘zgartirishga, hatto qisqa muddatda bir necha kilogramm vazn tashlashga ham tayyor. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova quyida ana shunday fidoiy aktyorlar haqida ma’lumot beradi.

    Nigina Anorboyeva

    Aktrisa Nigina Anorboyeva Rustam Meliyev tomonidan suratga olinayotgan “Ofitser” filmidagi roli uchun uzun qora sochlarini kaltalatishga rozi bo‘ldi.

    Foto: Kollaj

    Foto: Kollaj

    — Yaxshi rol imidj o‘zgartirishga arziydi. Rejissor Rustam Meliyev sochlarimni kaltalatishni so‘radi, bu taklif o‘zimga ham yoqdi. Men hamisha o‘ziga xos xarakter va qiyofadagi rollarni kutib yashayman. Soch o‘sadigan narsa, ammo yaratilgan rol tarixga muxrlanadi, — deydi aktrisa Nigina Anorboyeva.

    Barchin G‘ofurova

    Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan “Baxt ovchisi” serialida Zulya rolini ijro etgan aktrisa Barchin G‘ofurova ham rol uchun sochini kaltalatishga qaror qilgan.

    Foto: Kollaj

    Foto: Kollaj

    — Sochlarim avval uzun va qop-qora rangda edi. “Ishq o‘yinlari” seriali rejissori Ozod Shams rol uchun sochlarimni kaltalatishni so‘radi. Rozi bo‘lib, sochlarimni kaltalatgandim. “Baxt ovchisi” seriali prodyuseri va rejissori sochimni sariq rangga bo‘yashimni so‘radi. Xullas, rol sabab uslubim butunlay o‘zgarib ketdi, — deydi aktrisa Barchin G‘ofurova.

    Ulug‘bek Qodirov

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov uchun qisqa muddatda ozishga yoki semirish muammo emas. U “Aka” filmi uchun 26 kilogrammga semirgan. “Baron” filmi uchun esa avvalgi vazniga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Aktyor qisqa vaqtda 25 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Aktyorning ta’kidlashicha, u to‘plagan 120 kilogramm vazndan rol va salomatligi uchun voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Kollaj

    Foto: Kollaj

    — Bu yil ham rol uchun katta vazn tashlashimga to‘g‘ri keldi. “Osiyo arsloni” filmida asosiy rol ijro etayapman. Kuchaytirilgan parhez sabab 25 kilogramm vazn tashladim, — deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov.Ma’lumot uchun, “O‘zbekfilm” hamda “Belarusfilm” Milliy kinostudiyasi o‘rtasida hamkorlikda “Osiyo arsloni” nomli filmda bosh rolni Ulug‘bek Qodirov ijro etadi. Mazkur biografik drama O‘zbekiston va Belarusda suratga olinadi va kelgusi yil 9-mayda premyerasi bo‘lib o‘tadi.

    Asal Shodiyeva

    Aktrisa Asal Shodiyeva 2012-yili “Hay-hay qizaloq” filmida Yulduz rolini ijro etgan. Aktrisa mazkur rol uchun sochlarini antiqa tarzda kaltalatgan va rangli ulama sochlardan foydalangan. Hamisha nafis imijda ko‘ringan aktrisaning mazkur ko‘rinishi tezda e’tiborni tortgan. U zamonaviylikka intiladigan va milliy qadriyatlarni unutgan qiz rolini mohirlik bilan ijro etgan.

    Foto: Kollaj

    Foto: Kollaj

    — “Hay-hay qizaloq” filmini ko‘p marta tomosha qilganman. Boisi, filmdagi rolim o‘zimga yoqadi. O‘ziga xoslik va yangicha yondashuv bor, — deydi Asal Shodiyeva.

    Bahrom Matjonov

    Foto: Kollaj

    Foto: Kollaj

    Ayni kunlarda AQSHda istiqomat qiladigan aktyor Bahrom Matjonov “Ibrat” filmida suratga tushish uchun uch oy soqolini o‘stirgan. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmiga taklif etilganida esa sochlarini qirtishlab oldirishiga to‘g‘ri kelgan. Rol mazkur imijni talab etgani uchun u soch-soqolidan osongina voz kechgan.

    Boir Xolmirzayev

    <strong>Foto: Kollaj</strong>

    Foto: Kollaj

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Boir Xolmirzayev “Mendirman Jaloliddin” seriali uchun boshqa aktyorlar singari soch va soqolini o‘stirdi. Bu natijaga erishish uchun u taxminan ikki yil sarfladi. Serialda ishtirok etuvchi boshqa aktyorlardan farqli ravishda uning sochlari ancha uzun.

    Lola

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Bundan roppa-rosa 7 yil avval xonanda Lola “Xayr” nomli qo‘shig‘iga klip suratga olgan. Klip o‘ziga xosligi bilan boshqa kliplarga o‘xshamaydi. Ya’ni xonanda yuz qiyofasi orqali inson borliqdan yo‘qlikka o‘tib qolishi aks ettirilgan. Imij o‘zgarishida grimyorning mahoratini sezish qiyin emas. Xonanda klip uchun sochlarini oldirmagan. Shunchaki, boshiga niqob kiygan xolos.

    Sitora Alimjonova va Ali Otajonov

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Bahrom Nazarovning “Hijron” klipida Sitora Alimjonova va Ali Otajonov uchun shunga o‘xshash imij yaratilgan. Ya’ni ular boshlariga niqob kiyib bemor odam rolini ijro etgan. Ijro va mohirlik bilan yaratilgan imij sabab klip ta’sirli chiqqan.

    Mavzuga doir:

    • Har bir yangi rol aktyor uchun to‘liq o‘z qahramoniga aylanish jarayoni ekanligini isbotlovchi holatlar (foto)
    • Roli uchun nafaqat muxlislari, balki onasi ham tanimaydigan darajada o‘zgargan aktyorlar (foto)
    • Roli uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan aktyorlar (foto)

    25.07.2022, 18:52   Izoh (0)   111424
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sardor Mamadaliyev ruxsat so‘ramay, o‘z yo‘nalishiga moslab kuyladi”. Qilichbek Madaliyev otasining qo‘shiqlarini boshqa xonandalar kuylashiga munosabat bildirdi

    25.07.2022, 16:32

    Film va seriallar uchun maxsus yaratilgan hamda o‘sha davr ruhini to‘liq aks ettirgan bejirim liboslar (foto)

    25.07.2022, 15:29

    Shahnoza Otaboyeva vazni sababli 5 yil sahnaga chiqmagani, o‘ziga mos kiyim topilmagani va jarrohlik operatsiyasidan so‘ng 4 oyda 35 kg vazn yo‘qotgani haqida (vid...

    25.07.2022, 13:47

    200 dan 10 ming dollargacha: Yulduz Usmonova, Munisa Rizayeva va boshqa ayol san’atkorlarning Instagram'dagi sahifasiga reklama berish narxi qancha?

    25.07.2022, 11:46

    “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Burak O‘zchivit Moskvada: Aktyor uni ko‘rish istagidagi muxlisalari qurshovidan tan soqchilari yordamida chiqishiga to‘g‘ri keldi

    25.07.2022, 09:51

    Instagram: Akkaunti buzilgan Parizoda, tug’ilgan kunida onasini yig’latgan Aziza Yoqubova, muxlislariga minnatdorlik bildirgan Hamdam Sobirov

    24.07.2022, 22:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda ayol farzandi bilan tortishib qolgan bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:55

    Yevropa Ittifoqi byudjetining 20 foizi Kiyevga yo‘naltiriladi — DW

    Dunyo | 18 iyul, 17:45

    Los Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarining o‘tkazilish sanasi va joylari ma’lum qilindi

    Sport | 18 iyul, 17:45

    Toshkent yoki Samarqand — qaysi shaharda yashash arzon va qulay?

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:35

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.