• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga Ispaniyadan yana 4 ta tezyurar elektropoyezd olib kelinishi mumkin

    Madrid shahridagi Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligida O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida “O‘zbekiston temir yo‘llari” delegatsiyasining uchrashuvi tashkil etildi, deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.

    Qayd etilishicha, uchrashuvdan maqsad “FIEM” korxonalarni internatsionalizatsiya qilish jamg‘armasidan 4 ta “Talgo-250” tezyurar elektropoyezdini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalasini muhokama qilishdan iborat bo‘lgan.

    Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tezyurar yo‘lovchi poyezdlarini tashkil etish va ulardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod To‘laganov hamda xalqaro hamkorlik va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mutaxassisi A’zamxon Meliboyev qatnashgan. Ispaniya tomonidan esa Sanoat, savdo va turizm vazirligining Osiyo, YEIga a’zo bo‘lmagan Yevropa mamlakatlari va Okeaniya departamenti direktori o‘rinbosari Veronika Samper, “FIEM” jamg‘armasining mas’ul xodimlari ishtirok etgan.

    Uchrashuvda Ispaniya vakillariga aksiyadorlik jamiyati faoliyati va O‘zbekistonda temiryo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etilgan. Xususan, shu kungacha Ispaniyaning Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasida ishlab chiqarilgan 6 ta tezyurar elektropoyezd “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan xarid qilingani ta’kidlangan. Oxirgi partiya 2021-yilda olib kelingan. Loyihalarni moliyalashtirish uchun Korxonalarni internatsionalizatsiya qilish jamg‘armasidan 30 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan kredit jalb etilgan.

    Shuningdek, Ispaniya tomoniga Buxoro—Urganch—Xiva temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish loyihasining amalga oshirilishi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Mazkur tezyurar liniya foydalanishga topshirilgandan so‘ng qo‘shimcha 4 ta elektropoyezd sotib olish nazarda tutilmoqda. Tomonlar loyihani moliyalashtirish uchun jamg‘armaning imtiyozli krediti hisobidan “Talgo-250” poyezdlarini xarid qilishni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

    Ispaniya tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yuqori tezlikdagi elektrlashtirilgan temir yo‘l aloqasini joriy etishda yetakchi bo‘lgan O‘zbekiston bilan bu boradagi hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidlagan. Ispaniya hukumatining tegishli vazirliklari rahbariyati tomonidan ushbu masalani ko‘rib chiqishda “FIEM” jamg‘armasidan imtiyozli shartlarda kredit ajratish imkoniyati masalasini ijobiy hal etish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirishi ma’lum qilingan.

    Muzokara yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu masala bo‘yicha ekspertlar darajasida ishlashni davom ettirishga kelishib olgan.

    Ma’lumot uchun, 2019-yilning iyun oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ispaniyaning Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasi bilan Talgo-250 seriyali ikkita tezyurar elektropoyezd sotib olish uchun shartnoma imzolangan. Kelishuvlarga ko‘ra, 2021-yil oktabr oyigacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotiv parkini ikkita tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi bilan to‘ldirish kerak edi. Ispaniyaning Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasi o‘z majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajargan. 1-oktabr kuni Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalida “Afrosiyob” poyezdining so‘nggi tarkibining kelishi tantanali ravishda kutib olingan edi.

    22.07.2022, 07:24   Izoh (0)   7296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Energetika vazirligi fuqarolarga issiq kunlarda elektr tarmog‘idagi yuklamalarning oldini olishga doir tavsiyalar berdi

    22.07.2022, 07:08

    Andijon davlat universitetiga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan 11 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    22.07.2022, 06:53

    O‘zbekistonda 6 oyda 36 ta holatda 176 nafar fuqaro ovqatdan zaharlandi

    22.07.2022, 06:38

    O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi

    22.07.2022, 06:22

    Andijonda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib kelgan talaba ushlandi

    22.07.2022, 06:07

    Namanganda transport vositalari harakatiga xalaqit bergan to‘y korteji avtomobillari jarima maydoniga joylashtirildi (video)

    22.07.2022, 00:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.