Xorazm viloyati Gurlan tumanida chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Gurlan tumani hududida valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro R.M. boshqa bir fuqaro N.ga 20 000 AQSH dollarini 221 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida jami 25 200 AQSH dollari, 122 000 qozoq tengesi, 123 300 Rossiya rubli va 259 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)