Toshkent shahar hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasida “shahar ramzi” — tramvay harakatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda shahar hokimining bayonotiga asosan Tbilisi meriyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili delegatsiyasi bilan birga O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Tbilisi meri Kaxa Kaladze Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan birgalikda Shota Rustavelining Toshkentdagi haykali poyiga gullar qo‘ygan.
Toshkent shahar hokimining so‘zlariga ko‘ra, shahar hokimiyati Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklashni rejalashtirgan.
Izoh (0)