Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvilini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik, eng avvalo, transport va logistika, savdo va sanoat kooperatsiyasiga doir qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Avvalroq Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvilini O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)