Bobur Abdunazarov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar qildi.
Xabarda bunga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Bobur Abdunazarov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga 2020-yilning mart oyida tayinlangan. O‘sha yili e’lon qilingan O‘zbekistonning istiqbolli rahbarlari reytingiga kiritilgan.
Izoh (0)