• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Yigitali Mamajonov ilk marta rahmatli dadasi, Rossiyada kuniga 200 dollar topgani va onasi ular bilan yashamasligi sababi haqida gapirib berdi (video)

    Aktyor, kaskadyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aktyor Yigitali Mamajonov suhbat davomida ilk marotaba dadasi haqida, uning ota-onasi bolaligida ajrashib ketgani, dadasining baxtsiz hodisa sababli olamdan o‘tgani, Rossiyada antenna qo‘yib, kuniga yaxshigina daromad topgan yillari haqida gapirib berdi.

    — Yigitali Mamajonov rahmatli otasi haqida

    — Dadam savdogar inson bo‘lganlar. Dastavval savdoni meva-sabzavot mahsulotlarining savdosi bilan boshlaganlar, keyinchalik esa valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar. Dollar u vaqtlarda yurtimizda yo‘q edi. Bo‘lsa ham sanoqli insonlarda bo‘lgan. Dadam asli O‘zganda dunyoga kelganlar. Dadam tengi insonlar hozir ham dadamni juda yaxshi bilishadi. Ular sportchi inson bo‘lganlar.

    Meva-sabzavotlarni O‘zbekistondan olib, Rossiyaga sotganlar. O‘sha vaqtlarda onam bilan tanishganlar ular turmush qurgan va men Moskva shahrida dunyoga kelganman. Moskvada uyimiz bo‘lgan.

    Uch yoshimda ota-onam ajrashganlaridan so‘ng, alohida yashaganmiz. Dadam sakkiz yoshimda olamdan o‘tganlar. “Bo‘ldi, sizlarni ham o‘zim bilan olib ketaman”, degandilar o‘sha kelganlarida. Ammo o‘sha voqeadan uch oy o‘tib, baxtsiz hodisa sababli vafot etganlar. Aka yoki ukalarim bo‘lmagan.

    — Nega Yigitali Mamajonov onasi bilan birga yashamaydi?

    — Onam biz bilan yashaydilar, ammo ular Toshkentga o‘rgana olmadilar. “Menga Xonabodim yaxshi” deydilar. U yerda ham uyimiz bor, havosi juda salqin, katta o‘zgarishlar bo‘lgan. Yo‘llar ravon, ko‘chalar juda yorug‘ bo‘lgan. Odamlar kechalari sayr qilib, mazza qilib yashaydigan joylar bo‘lgan.

    — Yigitali Mamajonov to‘ylarda boshlovchilik qilganmi, gonorari qancha bo‘lgan?

    — “Shu ishni qila olmaysan”, degan gapni yoqtirmayman va shu gapni aksini takrorlagim keladi. Yoshligimda omma oldida gapirishga, intervyu berishga uyalar edim. Birinchi bergan intervyularimni ko‘rgim kelmaydi.

    Ma’lum vaqt to‘ylarda boshlovchilik qilganman. To‘y insonni pulga qiziqtiradi, ammo ijodini to‘xtatib qo‘yadi. Shuning uchun to‘ylarimni ko‘paytirishga harakat qilmasdim. To‘yda janjalli holatlar bo‘lmagan, san’atkormiz, hurmatimizni bilib, ibrat bo‘lishga harakat qilganmiz.

    To‘ylarda birinchi chiqishlarimda 200 dollar gonorar olganman. Keyinchalik 400-500 dollar haq olardim. Oxirgi to‘yim bir qadrdonimizning to‘yida ayolim bilan birgalikda boshlovchilik qilganmiz.

    — Yigitali Rossiyada antenna o‘rnatib, kuniga 150-200 dollar pul topgani haqida?

    — Mohirilla aka degan usta akamiz, menga Rossiyada antenna qo‘yishni o‘rgatdilar. U akani ham boshidan juda qiyin kunlar o‘tgan ekan. Eng qiyin, baland tomlarga chiqib antenna qo‘yardim. “Ali unaqa baland joylarga chiqmang, pastroqqa qo‘yaveramiz”, deb xavotir olib o‘tirardilar. Rossiyada to‘rt oy vaqt davomida antenna qo‘yganman. Bu ishdan kuniga 150-200 dollar pul topardim. Ustamni topishini ko‘rib, “menga 150 dollar kammasmikan”, deb o‘ylab qolardim. Bu juda qiyin kasb edi.

    O‘sha vaqtlarda “Oyqiz ertagi” filmida bosh rolni ijro etish uchun 6 million so‘m gonorar beramiz, deb chaqirishgan. O‘sha film uchun Rossiyadan qaytganman.

    — Kulgi jamoalari Yigitali Mamajonov haqida hazillar qilishiga qanday munosabat bildiradi?

    — Ularga e’tibor ham bermayman, hattoki ba’zida ularni eshitmayman ham. Kimdir siz haqingizda gapirishibdi, deb ko‘rsatsa ko‘raman. Ular ham endi o‘zlarining fikr doirasidan kelib chiqib hazil qilishadi.

    — Shou-biznes odamlarining qaysi odatlari unga umuman yoqmaydi?

    — Shou-biznesdagi laganbardorlikni yoqtirmayman. Ustoz, ustoz, jonim ustozim, deganlarni jinim suymaydi. Yoqtirmayman. Eng yoqtirmagan insonlarim laganbardorlar.

    Siz bilan hozir gaplashib, Feruzbek siz juda qobilyatlisiz, deb turib, ketganizdan so‘ng, shu Feruz isqirt bolada, deydiganlar bor. Orqadan gapiradigan odamlarni juda yomon ko‘raman. Bu juda yomon odat. Undan ko‘ra har bir orqadan qilingan gap-so‘zni joyida aniqlashtirib olgan yaxshi.

    — Yigitali Mamajonov “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali kastingiga borganmi?

    — Jaloliddin Manguberdi tarixiy serialining kastingiga chaqirishdi. Kastinga bordim, kastingni juda zo‘r deya olmayman, chunki birdan, juda tez bo‘lib ketdi. “Qo‘lingdan nima keladi”, deyishdi. O‘zim haqimda ma’lumot berdim. O‘qiganimni, serial, kino, kliplarda suratga tushganimni ma’lum qildim.

    “Ot minishni bilasanmi?”, deyishdi, “Fil minishni ham bilaman”, dedim. “Xohlasangiz tryuklar ham qila olaman”, dedim, uni ham ko‘rsatganimdan so‘ng “voy, zo‘r, Yigitali”, deb qoyil qolishdi. Ammo meni bu rolga olishmadi, chunki Jaloliddinni o‘ynayotgan turk aktyori men ko‘rsatgan ishlardan birortasini qila olmas edi. Ularga bu narsalarni qilishga ancha bor. Maqtanish emas, hali ancha bor. Chunki bu ishlarni u aktyorlarning o‘rniga qilishi uchun kaskadyorlarga pul to‘lashadi va ular qilishadi. Biz esa bu ishlarni o‘zimiz qilamiz. Kerak bo‘lsa rolni ulardan yaxshi o‘ynab bera olamiz, faqat yaxshi rejissor bilan ustimizda ishlasak kifoya. O‘sha rol bilan yashaymiz, kerak bo‘lsa. Xullas keyin serialga chaqirilganim ham yo‘q.

    Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov 1990-yil 16-iyun kuni Moskva shahrida dunyoga kelgan. 2012-yilda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. 20 dan ortiq film va seriallarda bosh rollarni ijro etgan. 40 dan ortiq videokliplarda rol ijro etgan.

    Mavzuga doir: 

    • Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayevaga uylanganini Yodgor Sa’diyevning qistovi bilan oshkor qilganmi? (video)
    • Yigitali Mamajonov rafiqasi Muqaddas Sa’dullayeva uning qaysi shartini bajarmasa, oilasi buzilishini ma’lum qildi (video)
    • Muqaddas Sa’dullayeva birinchi turmushi buzilgani, Yigitali bilan qanday tanishgani va Rayhonning egizaklari haqida gapirdi
    • Yigitali Mamajonov nima uchun Rayhonning uyida yashashga rozi bo‘lgani va “hozir qaynatasining uyida yashaydi” degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi (video)
     

    17.07.2022, 21:39   Izoh (0)   38247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Garri Potter” haqidagi kitoblar to‘plamining birinchi nashri Christie’s auksionida sotildi. To‘plam 118-177 ming dollarga baholangan

    17.07.2022, 15:56

    Avaz Oxun 7 yil farzand ko‘rmagani, fitnaga uchrab, uch xonalik uyning puliga kuygani haqida (video)

    17.07.2022, 11:52

    Instagram: Murodbek Qilichevning 122 ming dollarlik xaridi, ota-onasiga mashina sovg‘a qilgan Elyor Meliboyev, Shirin qizalog’ini muxlislariga ko’rsatdi

    16.07.2022, 22:41

    Alisha Chinay va Furqat A’zamov: Hindistonlik xonanda hamda uning O‘rta osiyolik muxlisining sevgi hikoyasi (foto)

    16.07.2022, 12:10

    Instagram: Shahzoda san’atga qaytmoqda, Nigina Jabborova “Afandining qizlari”ni tark etdi, hashamatli “uchastka” qurdirayotgan Malika Ravshanova

    15.07.2022, 22:43

    “ ‘Osmondagi bolalar-3’da suratga tushmoqchiman”. Dilnoza Kubayeva aktrisalikni tark etib, xonandalik qilmoqchiligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi (video)

    15.07.2022, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.