Yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov “Lokomotiv”ga qaytdi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati xabar berdi.
20 yoshli futbolchi ushbu mavsum avvalida Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga ijaraga berilgandi. “Qayrat” bosh murabbiyi Qurbon Berdiyev jamoani tark etgach, Jaloliddinov bilan ham shartnoma bekor qilindi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi “Qayrat” safida 7 o‘yinda maydonga tushib, samara harakatlarni amalga oshirmadi.
20 yoshli futbolchi bungacha “Bunyodkor”, “Andijon”, Rossiyaning “Lokomotiv” va “Tambov” klublari sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)