“Barselona” “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda.
Xerard Romeroning xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Fransuz “Barselona”ga o‘tishni istaydi, u klubga juda hurmat qiladi. Kundening “ko‘k-anorranglilar” safiga o‘tishida uning xohishi muhim rol o‘ynashi mumkin.
Agar “Barselona” Kunde transferiga o‘z futbolchilaridan birini qo‘shib bersa, “Sevilya” talab qilinayotgan narxni pasaytirishi mumkin.
Andalusiyaliklar futbolchi uchun 60 million yevro talab qilayotgan edi. “Barselona” moliyaviy muammolar tufayli ushbu narxni to‘lay olmaydi.
Jyul Kunde ortda qolgan mavsumda “Sevilya” tarkibida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazgan.
Izoh (0)