Qozog‘istonning Olmaota viloyatida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida 2022-yil 14-may kuni avtohalokatga uchrab, shifoxonada yotgan O‘zbekiston fuqarosi M.A.ning qarindoshlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilib, uni O‘zbekistonga qaytarishni so‘ragan.
Ushbu murojaat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qozog‘istondagi vakili va O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida tezkorlik bilan o‘rganilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach, maxsus avtomobilda shifokor hamrohligida vatanga qaytarildi.
Izoh (0)