Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida ko‘knori yetishtirib kelayotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2-iyun kuni, tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2022” tadbiri davomida, shu mahallada yashovchi ayolning uyi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidan 173 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotgani aniqlanib, ushlangan.
1-iyul kuni unga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)