Samarqand tumanida 17 yoshli yigit Cobalt’ni yuqori tezlikda boshqarishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Zamon.uz” xabar berdi.
Hodisa Samarqand tumanidagi “Chaqa” MFY hududidan o‘tuvchi 4H-495V mahalliy avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yuz bergan. Aniqlanishicha, 17 yoshli haydovchilik guvohnomasi yo‘q yigit Cobalt’ni yuqori tezlikda boshqargan va rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Shu bilan birga, avtomobil yo‘l chetidagi chuqurlikka ag‘darilgan. Oqibatda bir nafar yo‘lovchi voqea joyida, ikkinchisi shifoxonada vafot etgan.
Izoh (0)