Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi oshxonada 16 yoshli yigit qo‘lini go‘sht maydalagich qisib qoldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, 13-iyul kuni soat 10:10 da boshqarmaning navbatchilik qismiga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialidan murojaat kelib tushgan. Unda Marhamat tumanidagi oshxonada ishlayotgan 16 yoshli bolaning e’tiborsizligi sabab, o‘ng qo‘lini go‘sht maydalagich qisib qolgani xabar berilgan.
Xabarga asosan boshqarmaning tezkor qutqaruv otryadi xodimlari chaqirilgan joyga yetib borib, filial jarrohlari bilan birgalikda 1,5 soat vaqtda maxsus temir kesuvchi asbob-uskunalar yordamida bolaning qo‘lini chiqarib olgan.
Hozirda bolaning ahvoli o‘rtacha bo‘lib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Izoh (0)