Shavkat Mirziyoyev qarori bilan 2022–2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi.
Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini keskin qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
- avtomobil yo‘llari infratuzilmasini kompleks takomillashtirish;
- avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish;
- jamoat transportini rivojlantirish va raqamlashtirish;
- yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish;
- haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni kuchaytirish.
Izoh (0)