• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston va Turkmaniston mahsulot ayirboshlash avvallari hech qachon bunday darajaga ko‘tarilmagan” — Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov

    Toshkent—Ashxobod tashqi siyosat maydonida bir-birini qo‘llab-quvvatlab, faol muloqotni davom ettirmoqda. Bu haqda 12-iyul kuni, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston va Turkmaniston: hamkorlikning yangi tarixiy bosqichida rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: Markaziy Osiyo xalqaro instituti

    Foto: Markaziy Osiyo xalqaro instituti

    Konferensiya ishida ikki mamlakatning qator davlat muassasalari va tahlil tuzilmalari ekspertlari ishtirok etdi. Ekspertlar o‘zbek-turkman hamkorligining bugungi holati, mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash istiqbollari, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirovning ma’lum qilishicha, Toshkent—Ashxobod tashqi siyosat maydonida ham bir-birini qo‘llab-quvvatlab, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, BMT, MDH, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ), IHT va boshqa qator tuzilmalar doirasida birgalikda izchil ish olib borib, faol muloqotni davom ettirmoqda.

    “Tomonlarning O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvi doirasidagi hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Darvoqe, ushbu formatdagi so‘nggi sammit 2021-yil avgustda Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Muhimi, aynan o‘sha tadbirda Turkmaniston rahbari tashabbusi bilan Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining ilk yig‘ilishi, Iqtisodiy forum, mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali va mintaqa davlatlari san’at ustalarining birgalikdagi konserti o‘tkazilgan”, — dedi Anvar Nosirov.

    Foto: Markaziy Osiyo xalqaro instituti

    Foto: Markaziy Osiyo xalqaro instituti

    Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat munosabatida savdo-iqtisodiy hamkorlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining oqilona siyosati, sa’y-harakatlari tufayli sheriklikning mazkur yo‘nalishiga avvallari misli ko‘rilmagan sur’at bag‘ishlandi.

    Ikki davlat yetakchilari tomonidan savdo hajmini oshirib borish bo‘yicha belgilangan aniq vazifalar ijrosi o‘z samarasini bermoqda. 2016-yil o‘zaro savdo-sotiq ko‘rsatkichi 200 million dollardan sal ziyodroq edi. 2021-yil yakunida esa bu raqam 902 million dollarni tashkil etdi. Qayd etish joiz, mahsulot ayirboshlash avvallari hech qachon bunday darajaga ko‘tarilmagan.

    Turkmaniston mamlakatimizning mintaqadagi asosiy savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistondan Turkmanistonga qishloq xo‘jaligi texnikasi, meva-sabzavot, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlari, turli xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan esa yurtimizga neft mahsulotlari, mexanika jihozlari, polimerlar va boshqa kimyo mollari importi yo‘lga qo‘yilgan”, — dedi Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori.

    Foto: Markaziy Osiyo xalqaro instituti

    Foto: Markaziy Osiyo xalqaro instituti

    Uning alohida ta’kidlashicha, ikki tomonlama munosabatda transport sohasi ham ustuvor ahamiyatga ega. Turkmaniston yil sayin Markaziy Osiyoning asosiy tranzit davlatiga aylanmoqda.

    “O‘zbekistonning juda katta hajmdagi mahsulotlarini Eron chegarasi va keyin Fors ko‘rfazi portlariga yetkazish mazkur mamlakat hududi orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari tomonlar “O‘zbekiston — Turkmaniston — Kaspiy dengizi — Janubiy Kavkaz” transport yo‘nalishi salohiyatidan bor imkoniyat darajasida foydalanish bo‘yicha birgalikda ishlayapti. Bu yo‘lak Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning Qora dengizdagi portlariga chiqishini ta’minlaydi. Ikki mamlakat avtomobil va temir yo‘llari orqali yuk tashish miqdori bosqichma-bosqich oshirilyapti. Jumladan, 2021-yil O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida temir yo‘l transporti orqali 1 million 700 ming avtomobilda esa 300 ming, jami ikki million tonna xalqaro yuk tashilgan. Bu 2020-yil bilan solishtirilganda 18 foiz ko‘p. Shu bilan birga, raqobatbardoshlikni va davlatlarimiz hududidan o‘tadigan xalqaro transport yo‘nalishlari jozibadorligini yanada oshirish maqsadida hozirgi paytda tariflarni optimallashtirish va tashqi savdo yuklarini tashish tranziti uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilyapti.

    O‘zbekiston va Turkmaniston yonilg‘i-energetika sohasida mintaqaviy hamkorlikni tobora mustahkamlamoqda. Har ikki davlat “Turkmaniston — O‘zbekiston — Tojikiston — Afg‘oniston — Pokiston” elektr ta’minoti tarmog‘i, “Turkmaniston — O‘zbekiston — Qozog‘iston — Xitoy” gaz o‘tkazgichi kabi mintaqaviy muvozanatni va barqaror rivojlanishni ta’minlashning hal qiluvchi omillari sifatida ko‘rilayotgan yirik mintaqaviy energetika loyihalari bo‘yicha sheriklar hisoblanadi.

    Madaniy-gumanitar sheriklik ham jadal rivojlanmoqda. Bugun ikki qadrdon yurt san’ati, adabiyotiga o‘zaro qiziqish beqiyos. Har ikki mamlakat fan, ta’lim va madaniyat arboblari yaqin hamkorlik qilib, O‘zbekiston va Turkmaniston hududida tashkil etilayotgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etmoqda” — dedi Anvar Nosirov.

    Qo‘shimcha qilinishicha, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarni birgalikda ilgari surishni izchil muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilarining amaliy, o‘zaro manfaatli hamkorlikni ikki tomonlama va mintaqaviy darajada mustahkamlash, mintaqada tinchlikni saqlash, xavfsizlikni ta’minlashga bo‘lgan qat’iy intilishi, shubhasiz, butun Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish omili hisoblanadi.

    12.07.2022, 17:17   Izoh (0)   9996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi ikkita avtomobil o‘tkazish punkti ishi tiklandi

    12.07.2022, 15:53

    O‘zbekistonga yil boshidan buyon Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan qancha fuqaro qaytarilgani ma’lum qilindi

    12.07.2022, 15:11

    Zangiotada 14 yoshli qiz zo‘rlab kelingani aytilmoqda

    12.07.2022, 14:31

    O‘zbekistonda 13-iyul kuni harorat 40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

    12.07.2022, 12:33

    BMT Bosh assambleyasi Shavkat Mirziyoyevning muhim tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

    12.07.2022, 11:52

    O‘zbekistondagi ayollar va erkaklar soni ma’lum qilindi

    12.07.2022, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.