Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS-Topik test imtihonlarida boshqa fuqaro o‘rniga kirish va qo‘shimcha vositalardan foydalanishning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro U.O. o‘rniga fuqaro J.T. kirishga uringan vaqtida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
“Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)