• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu ochiqdan ochiq xalqni talashga intilish”. Plastik kartadagi pullarni bankomat orqali naqdlashtirish uchun komissiya narxi oshirilmoqdami?

    Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi banklardan biri tajriba tariqasida bankomatdan yirik miqdorda naqd yechish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya o‘rnatgani haqidagi xabar tarqaldi. Iqtisodchilar va boshqa soha vakillarining ayrimlari bu to‘g‘ri qaror ekani haqida yozsa, aksariyat faollar mazkur harakat xalqni ochiqdan-ochiq talash ekanini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram’dagi kanalida banklardan biri tajriba tariqasida bankomatdan yirik miqdorda naqd yechish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya o‘rnatganiga guvoh bo‘lganini yozdi.

    Bugun banklardan birining tajriba tariqasida bankomatlar orqali yirik miqdorda naqd yechish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya o‘rnatganiga ko‘zim tushdi. Bir milliongacha naqd yechish uchun komissiya avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan - 1 foiz. Ko‘p guvoh bo‘layotganimizdek, odatda “barigalar” (tijoriy maqsadlarda naqd puldan foydalanuvchilar) katta miqdordagi naqdlikni yechib ketishadi, pensioner/ budjetniklarga naqd pul qolmaydi. Ya’ni naqd pulga nisbatan iste’mol xaridi uchun talabgorlarning talabi qondirilmay qoladi.

    Bankomatlardan chiqimlarning tarkibini ko‘rib, tahlil qilayotgan banklar bunga o‘zlari ishonch hosil qilishi mumkin. Bankomatga joylashtirilgan hajmi bo‘yicha 75-90 foiz naqdlikning yechilishi soni bo‘yicha 15-20 foiz tranzaksiya hissasiga to‘g‘ri keladi (hududlar va lokatsiyaga qarab). Tabiiyki, bozor va biznes qoidalariga ko‘ra, talab va taklifni muvozanatlash uchun katta miqdorda naqdlik yechish uchun yuqoriroq komissiyalar o‘rnatilishi iste’molchilar uchun ham, banklar uchun manfaatli qadam bo‘ladi. Jarayonning bunday yo‘lga qo‘yilishi naqd pulning tranzaksion tannarxi/xarajatlari va naqdlikka talab ancha baland bo‘lgan uzoq va chekka tumanlarda ayniqsa muhim”, – deb yozdi u.

    Jurnalist Shuhrat Shokirjonov ham bankomatlarda naqdlashtirilayotgan pullar miqdoriga qarab komissiyani turlicha foizlar bilan belgilash tarafdori ekanini yozgan.
    Banklarimiz bir kunda 1 million so‘mgacha bo‘lgan naqdlashtirilayotgan pullarga 1 foizlik komissiya, 1 million so‘mdan - 5 million so‘mgacha 3 foiz, 5-10 million so‘m oralig‘iga 5 foiz, 10 million so‘mdan ziyodiga 10 foizlik komissiya o‘rnatishi tarafdoriman. Naqd pulni ehtiyojiga yarasha ishlatadiganlargina arzon komissiyaga ega bo‘lishlari kerak”, – deb yozadi u.
    “Davletovuz” Telegram-kanali muallifi esa mazkur takliflarga qarama-qarshi fikr bildirdi.
    Bir guruh bank va bankirlarga yaqin kanallarda bankomatlarda pul yechishda (ya’ni o‘z pulingizni yechishda) komissiya to‘lovi 3 foizgacha eksperiment tariqasida oshirilgani va buning to‘g‘ri ekanligi haqida postlar yozilmoqda (https://t.me/bankmijoz/3385). Go‘yoki 1 million so‘mgacha 1 foiz, qolganiga oshirilgan komissiya qo‘llanar emish. Bariga, bankomatlar ishlamasligi, naqd pul yo‘qligi — plastik karta egalarining muammosi emas. Bu bank tizimi rahbariyatining no‘noqligi muammosidir balki.

    Bu ochiqdan-ochiq xalqni talashga intilish, noto‘g‘ri amaliyotni yana noto‘g‘ri amaliyot bilan xaspo‘shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Go‘yoki O‘zbekiston banklari bozor munosabatlariga o‘tgan-u, hozir ma’muriy cheklovlardan qiynalib qolishyapti. Muammoni boshqa muammo bilan, xalqqa og‘irroq qilish bilan yechim izlamang. Kimga imkon berilsa, birinchi bo‘lib xalqqa o‘lpon solishni o‘ylaydi. Ikki raqamli inflyatsiya, yana o‘z pulingni tuya qilishlari talonchilikdir”, – deb yozadi muallif.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ham bankomatdan naqd pul yechib olish uchun komissiya miqdori oshirilishiga qarshi ekanini yozdi.
    Ayrim banklar tajriba tariqasida bankomatlar orqali yirik naqd yechish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya o‘rnatmoqda ekan. Bir milliongacha naqd yechish uchun komissiya avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan – 1 foiz.Ushbu tashabbus naqd va naqdsiz pul o‘rtasida tafovutni yanada kuchaytirishi mumkin. Va o‘rtahol aholining ko‘pchiligi bundan norozi bo‘ladi.

    Qoraqalpog‘istondagi voqealardan dars o‘laroq ayni vaqtda aholi noroziligini keltirib chiqaradigan harakatlardan tiyilgan ma’qul.Banklar esa rivojlangan dunyo banklari kabi foyda olishning boshqa yo‘llarini qidirmog‘i, masalan, o‘z xodimlari va ma’lum “kattakon”lar o‘rtasida taqsimlanadigan ko‘zbo‘yamachi imtiyozli kreditlarni berishni to‘xtatish ustida ishlaganlari ma’qul bizningcha. Biz va oddiy aholi aslida bu kabi imtiyozlardan kimlar ko‘proq foydalanayotganini yaxshi bilamiz”, – deb yozdi deputat.

    Muhokamalar davom eta boshlagach, Markaziy bank holatga rasmiy munosabat bildirdi. Regulyatorning qayd etishicha, bankomatlardan naqd pul yechish uchun komissiya to‘lovlari tijorat banklari tomonidan bankomatga xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan kelib chiqib mustaqil belgilanadi.
    Bugun, 2022-yilning 11-iyul kuni tushlikdan keyin, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bankomatlardan naqd pul yechishda yechilayotgan naqd pul miqdoridan kelib chiqib 3 foizgacha komissiya to‘lovlari olinayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

    Birinchi navbatda, bayram kunlari munosabati bilan respublika hududidagi 9 500 dan ortiq bankomatlarning uzluksiz ishlashi va yetarli miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan. Bankomatlardan naqd pul yechish uchun komissiya to‘lovlari tijorat banklari tomonidan bankomatga xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan kelib chiqib mustaqil belgilanadi va bugungi kunda 1 foizdan oshmaydi. Ayrim tijorat banki tomonidan alohida bir bankomatda eksperiment tariqasida tabaqalashgan yuqori komissiya to‘lovi o‘rnatilgan bo‘lsa, erkin bozor sharoitida bu o‘zini oqlamaydi. Zero, boshqa bankomatlarda komissiya to‘lovi 1 foiz yoki undan past qilib belgilanganligi sababli iste’molchilar arzon xizmatidan foydalanishni afzal ko‘radi.

    Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, Sizdan ma’lumotlarni tarqatishda ularning haqiqiyligini hamda tizimdagi xizmatlar ko‘lamiga ta’sirini inobatga olishingizni so‘raymiz.

    Markaziy bank

    11.07.2022, 19:50   Izoh (0)   23046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: Ishchi guruh Uzbekistan GTL zavodida ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish holatini o‘rgandi

    11.07.2022, 19:45

    “Shu kungacha ayrilmaganmiz, bundan keyin ham bir bo‘laylik”. Namangandagi qoraqalpoqlar va ularning avlodlari yashaydigan mahalladan reportaj

    11.07.2022, 19:39

    Onkologik kasallikka chalinganlar emlanishi mumkinmi? Mutaxassis javob berdi

    11.07.2022, 19:29

    Namanganda o‘zini kanalga tashlagan ayol qutqarib, olib chiqildi

    11.07.2022, 19:20

    O‘zbekistonda ayrim qurbonlik qilingan jonliqlarning boshi, terisi va ichaklari chiqindi sifatida tashlab yuborilgani aniqlandi

    11.07.2022, 18:33

    Jizzax Politexnika institutiga kiritib qo‘yish uchun fuqarodan 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    11.07.2022, 17:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.